PARIJ KOMMUNASI

PARIJ KOMMUNASI (1871 y 18-mart — 28-may) — Fransiya-Prussiya urushi (1870—71)da bonapartchilar rejimining magʻlubiyatga uchrashi, 3-respublika hukumatining siyosati Parij xalqining qoʻzgʻolon koʻtarishiga va A. Tyer rahbarligidagi Versalga qochib ketgan hukumatni agʻdarib tashlanishiga olib kelgan (18 mart). 18—28-martda Milliy gvardiya Markaziy qoʻmitasi inqilobiy muvaqqat hukumat vazifa-sini bajargan. 28-martda Parij Kommunasi eʼlon qilingan. Hukumat 2 fraksiyadan: «koʻpchilik» (asosan, blankistlar) va «ozchilik» (asosan, prudonistlar)dan iborat edi. Parij Kommunasi ham qonun chiqaruvchi, ham ijroiya organi boʻlgan. 21-mayda versalchilar Parijga kirganlar; 28-maygacha kommunarlar barrikadalarda jang qilishgan.. Kommuna versalchilar tomonidan bostirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x