PARVINABANK

«PARVINABANK» — xususiy aksiyadorlik-tijorat banki. 1994-y. 10-mayda tashkil topgan. Boshqaruvi Samarqand sh. da joylashgan. Toshkent va Buxoro sh. da filiallari bor. Mijozlarga fond birjasida xizmat koʻrsatish, davlat xazina majburiyatlari bozorida dilerlik va fond birjasida bro-kerlik xizmatlarini koʻrsatish, qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish, davlatlararo pul oʻtkazish, koʻchirish operatsiyalari va b. xizmatlarni amalga oshiradi. Bank respublikada kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash hamda rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Bankning Nizom jamgʻarmasi 1 mlrd soʻm; zaxira jamgʻarmasi 230,4 mln sum; berilgan kreditlar mikdori 4,1 mlrd. soʻm; koʻrilgan yillik foyda 187,5 mln. soʻm; jami aktivlari 16,3 mlrd. soʻm (2002).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x