OʻT HAYDOVCHI DORILAR

OʻT HAYDOVCHI DORILAR — oʻt pufagidan utning oʻn ikki barmoq ichakka tushishini tezlashtiradigan, jigar hujayralarida oʻt hosil boʻlishini kuchaytiradigan sintetik yoki oʻsimlik moddalari. Oʻt haydovchi dorilar oʻt hosil boʻlish jarayoniga bevosita va neyrogumoral regulyatsiya sistemasi orqali taʼsir etadi. Mineral suvlar, nordon suyuqliklar ichilganda, meʼda shilliq qavati mexanik taʼsirlanganda va ichakka oʻt yoki oʻt kislotalar tushganda oʻt hosil boʻlishi tezlashadi. Oʻt kislotalar (xologon, dexolin) va tabiiy oʻt (alloxol, xolenzim) preparatlari taʼsirida ham oʻt hosil boʻlishi kuchayadi. Ayrim oʻsimlik moddalari: naʼmatak mevasining ekstrakti (xolosas), makkajoʻxori popugi ekstrakti yoki damlamasi, boʻznoch gulining qaynatmasi yoki damlamasi oʻt haydaydi. Oʻt haydovchi dorilar jigar va oʻt pufagining surunkali yalligʻlanishi (xoletsistit, xoletsistogepatit) va oʻt toshkasalliklarida qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x