PARTENOKARPIYA

PARTENOKARPIYA (lot. parlenos — bokiralik, qizlik va karpos — meva) — oʻsimliklarda gulning urugʻlanmasdan meva tugishi. Changlanmasdan meva hosil boʻlishi vegetativ (avtonom) Partenokarpiya, urugʻchi tumshuqchasiga boshqa oʻsimlik guli changini taʼsir ettirib meva hosil qilish stimulyativ Partenokarpiya deyiladi.

Mac, nok urugʻchisiga olma gul changini, baklajon urugʻchisiga pomidor guli changini taʼsir ettirib, sunʼiy stimulyativ Partenokarpiya paydo qilish mumkin. Partenokarpiya natijasida hosil boʻlgan meva urugʻsiz yoki urugʻi murtaksiz boʻladi. Partenokarpiya uzum, olma, nok, pomidor, mandarin va b. koʻpchilik oʻsimliklarda aniklangan. Sunʼiy stimulyativ Partenokarpiya mexanik, kimyoviy, harorat taʼsirida hosil qilinadi. Partenokarpik meva yirik va shirin boʻlganidan katga xoʻjalik ahamiyatiga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x