MALICH QOʻY ZOTI

MALICH QOʻY ZOTI — terisi va suti uchun boqiladigan dagʻal junli qoʻy zoti. Asl vatani Osiyo boʻlgan bu qoʻy zoti Qrim va Kubanda keng tarqalgan (chorvadorlar dumli qoʻylarni «malish qoʻylar» deb ataydilar). Dumining shakli, yogʻliligi qorakoʻl qoʻylarinikja oʻxshaydi va dumli qoʻylar guruhiga kiradi. Qoʻchqorlarining oʻrtacha tirik vazni 55—60 kg, sovliqlariniki — 40 kg. Sogʻish mavsumida 35—40 kg sut, yiliga 2—2,5 kg jun beradi. Qoʻzilari teri olish uchun 2—3 kunligida soʻyiladi. Koʻproq oq, qora va kamroq kulrang tusda. Qoʻzilari terisi qorakoʻl qoʻzilar terisiga oʻxshamasa ham lekin terisi yuqori baholanadi. Malich qoʻy zoti togʻ va choʻldasht sharoitiga moslashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x