OʻZBEKISTON KIMYO-FARMATSEVTIKA ILMIY TADQIQOT INSTITUTI

OʻZBEKISTON KIMYO-FARMATSEVTIKA ILMIY TADQIQOT INSTITUTI — ilmiy tekshirish muassasasi. 1964-yilda SSSR Neft kimyosi sanoati vazirligi qoshida tashkil etilgan. 1996-yildan shu nomda. Intga asoschisi A. S. Sultonov nomi berilgan (1994). Intning asosiy ilmiy tekshirish yoʻnalishi tabiiy birikmalar va sintetik moddalar asosida yangi dori vositalarini olish, ularga ilmiytexnik hujjatlar (reglament, farmakopeya maqolalari) tayyorlash hamda tajribasanoat namunalarini ishlab chiqarish, neftkimyo, gaz, oziq-ovqat va boshqalar sanoat korxonalari uchun zarur boʻlgan katalizatorlar olish, katalitik jarayonlarni ishlab chiqish va sanoatga tatbiq qilish muammolari ustida tadqiqotlar olib borishdan iborat. in-t olimlari tomonidan kashf etilgan yurakqon tomir sistemasi kasalliklarida qoʻllanadigan «Sharq tabibi» shifobaxsh balzami, 3%li «fensulkal» surtmasi, jigar xastaligiga davo «kobalt fitat» preparati amaliyotda qoʻllanadi.

In-tda 12 lab. va boʻlimlar, shuningdek, tajribai. ch. boʻlimi mavjud boʻlib, ularda 106 xodim ishlaydi, shulardan Oʻzbekiston FAning 1 akad. (M. F. Obidova), 5 fan dri, 20 fan nomzodi faoliyat koʻrsatadi (2005).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x