PARHEZ

PARHEZ, diyeta — miqdori, kimyoviy tarkibi, kaloriyaliligi (quvvati) va pishirib tayyorlanishi jihatidan maxsus tanlangan ovqat ratsioni, sogʻlom kishilar hamda bemorlarga moʻljallangan ovqatlanish rejimi. Parhezda organizmning oziq-ovqatlarga boʻlgan fiziologik ehtiyoji qondiriladi.

Bemorlarga Parhez buyurilganda moddalar almashinuvi yoki biror aʼzo funksiyasi buzilgan boʻlsa, uning faoliyatini tiklash koʻzda tutiladi. Buning uchun baʼzi oziq-ovqat mahsulotlari maxsus usullar b-n kayta ishlanadi. Yara kasalligi, kolit, yogʻ bosish va b. kasalliklarda Parhez keng qoʻllanadi. Kasallikning davri, boskichi va fazasiga qarab, Parhezning bir necha varianti tavsiya etiladi. Kasalxonada davolanayotgan bemorga vrach kam ovqat yeyiladigan kunlar (mas, 1—2 kun) belgilaydi. Bu kunlarda bemorni ataylab qisman och qoʻyish uchun alohida ratsiondan foydalaniladi. Oʻz bilgicha Parhez tanlash yomon oqibatlarga sabab boʻlishi mumkin (yana q. Parhez bilan davolash).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x