FUMIGANTLAR

FUMIGANTLAR (lot. fumigantis — tutaydigan, dudlaydigan) — ekinlar zararkunandalari va kasallik qoʻzgʻatuvchilarini dudlash usuli bilan yukrtishda qoʻllaniladigan kimyoviy moddalar. Pestitsidlar guruhiga mansub. Fumigantlar suyuq, qattiq va gaz holida ishlab chiqariladi. Uchuvchan, tez bugʻlanadi, havoda oson tarqaladi, singib kirish, alangalanish va b. xususiyatlarga ega. Baʼzi preparatlar, mas, oltingugurt preparatlari havo harorati yuqori (25° dan ortiq) boʻlganda gaz holiga aylanib taʼsir koʻrsatadi. Fosfororganik insektitsidlar zararkunandalarga bugʻ holida taʼsir koʻrsata oladi. Gaz holidagi Fumigantlar xonalarga maxsus apparat yoki ballonlar yordamida purkaladi, suyuklari tunuka tovalarga quyilib, gazlamalarga sepilib yoki shimdirilib xonalarga osiladi, qattiqlari zararsizlantiriladigan xonalarga bir tekisda sepiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x