PARAGANGLIYLAR

PARAGANGLIYLAR (yun. para… va gangliy) — umurtqali hayvonlar va odamning endokrin bezi. Asosan, katexol-aminlarni ishlab chiqaradi, nerv sistemasining xemoretseptorlik vazifasini bajaruvchi qoʻshimcha organi hisoblanadi. Eng kuchli Paragangliylar buyrak usti bezi magʻiz moddasidan, bel va aortadagi Paragangliylar sekretor xromaffin hujayralar, qoʻshimcha hujayralar (qoplama tipdagi neyrogliyalar) va biriktiruvchi toʻqimalardan tashkil topgan. Embriogenezda ular simpatik nerv sistemasi neyroblastlari bilan birga hosil boʻladi va koʻchib oʻtadi. Boshqa Paragangliylar — noxromaffinlar (asosan, parasimpatik nerv sistemasi tarmoklangan joylarda), jumladan, koʻz ichidagi Paragangliylar, oʻpka, koʻmik, miya poʻstlogʻidagi Paragangliylar, karotidli Paragangliylar, tana va qoʻl-oyoq nervlaridagi Paragangliylar xisoblanadi. Ular IX va X juft orqa miya nervining embrional asoslaridan hosil boʻladi.

Paragangliylar dastlab tuban umurtqali hayvonlarda paydo boʻlgan va, asosan, retseptorlik vazifasini bajargan. Filogenezda Paragangliylar asta-sekin endokrin organ sifatida shakllana boshlagan. Umurtqali hayvonlarda Paragangliylar tabaqalashgan: xromaffin hujayralarning sitoplazma-tik toʻrlari tarkibida noradrenalin (noradrenotsitlar) yoki mayda fanulalarda koʻp miqdorda adrenalin (adrenotsitlar) boʻladi; noxromaffin qujayralar katexolamin boʻlmagan polipeptid gormonlarni sintezlaydi deb taxmin qilinadi. Ayrim Paragangliylarda (karotidli yurak usti gangliylari) kislorod yetishmasligini seza oladigan va unga javoban sekret ajrata oladigan xusu-siyat rivojlangan. Koʻpchilik Paragangliylar hujayra yoki qon tomiri devorlariga yopishib turadi yoki oʻsha joyda hosil boʻladi. Paragangliylar streyesga qarshi organizm faoliyatini bir meʼyorda ushlab turish uchun barcha sistemalarni faollashtirishdan ibo-rat. Organizmda Paragangliylarning ishlab chiqarilishini xususiy va umumiy fiziologik reaksiyalar nazorat qilib turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x