PALATIN

PALATIN (Mons Palatinus yoki Palatium) — Qad. Rim bunyod etilgan tepaliklardan biri. 2 choʻqqisi borPalatin va Germal. Temir davri boshidan bu yerda odamlar yashagan; «Kvadrat Rim» deb atalmish devor (mil. av. 8-a.) xarobalari saqlangan; u rivoyatga koʻra, Romul tomonidan qurilgan. Palatinda Yupiter Viktor (mil. av. 295-y. qurilgan), Yupiter Stator (mil. av. 294), Viktoriya (mil. av. 294) ibodatxonalari va b., shuningdek, respublika davrida — badavlat patritsiylar uylari saqlangan. Imperatorlar davrida Palatin imperatorlar saroylarining ulkan ansambliga aylangan («Palatsiy Avgust», Tiberiy, Flaviylar va Septimiy Sever saroylari). Oʻrta asrlarda Palatin tosh koni boʻlib xizmat qilgan. Palatin dagi muntazam qazishma ishlari 19-a. oxiridan boshlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x