AHMEDOV Gʻulom Ahmedovich

AHMEDOV Gʻulom Ahmedovich (1916.11.8, Turkiston sh., Qozogʻiston) — huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1993), yuridik fanlari d-ri (1973), prof (1986). 1937 — 41 y. larda Toshkent yuridik in-ti va Moskva harbiy-yuridik akademiyasida taʼlim olgan. Oʻzbekiston FA Falsafa va huquq in-ti jinoyat huquqi sektorining mudiri (1959 — 96), 1997-y. dan — ilmiy xodim. Ilmiy asarlari jinoyat huquqini takomillashtirish xususan giyohvandlik va ichkilikbozlikka qarshi kurash muammolariga bagʻishlangan. Huquqshunoslikka doir lugʻatlar tuzgan, oʻzbek tilidagi yuridik atamalarning shakllanishiga hissa qoʻshgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x