ABDULLAYEV Vohid Abdullayevich

ABDULLAYEV Vohid Abdullayevich (1912.15.5 – Samarqand – 1985.30.7) — adabiyotshunos. Oʻzbekiston FA akad. (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973). Filol. fanlari d-ri (1959), prof. (1960). 1932-y. Fargʻona pedagogika in-tini bitirgan. Abdullayev 1935 — 43 y. larsa Buxoro va Samarqand pedagogika in-tlarining, 1944 — 69 ylarda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand un-ti oʻzbek adabiyoti kafedrasining mudiri, … Читать далее

ABDULLA KULOL

ABDULLA KULOL (Kali Abdullo, 1815 — Rishton — 1900) — kulol, koshinpaz usta. Rishton va Qoʻqonda . ishlagan. Fargʻona kulollari ishlariga boshchilik qilgan. Xudoyorxon oʻrdasining (hoz. Qoʻqon oʻlkashunoslik muzeyi) bosh fasadini rang-barang koshinlar bilan bezashda qatnashgan (1867 — 73). Abdulla kulol ishlaridan namunalar (sopol idishlar) Oʻzbekiston davlat sanʼat va Qoʻqon oʻlkashunoslik muzeylarida saqlanadi.

ABDULAHAD

ABDULAHAD (1859.16.3-1911.6.1) — Buxoro amiri (1885—1910). Mangʻitlardan. Amir Muzaffarning oʻgʻli. Abdulahad davrida chor hukumati Buxoroda rus siyosiy agentligi taʼsis etib (1886), Turkistonni, jumladan Buxoro xonligini xom ashyo bazasiga aylantirish va bu yerdagi boyliklarni Rossiyaga tashib ketish maqsadida Amudaryoga koʻprik qurdi, Chorjoʻy-Samarqand t. y. oʻtkazdi (1900— 01). Shuningdek Abdulahad davrida jadidchilik harakati kuchaydi.

ABBOS BURNI

ABBOS BURNI — Orol dengizining jan. qirgʻogʻidagi burun. Gʻarbda Toldiq qoʻltigʻi, shim. va sharqda ochiq dengiz bilan oʻralgan edi. Abbos burni aslida Amudaryoning Koʻnadaryo tarmogʻi loyqalaridan vujudga kelgan. Yer yuzasi pasttekislik. Qirgʻoqlari qumloq, qamishzor boʻlgan. 1961-y. dan Orol d-zi suvi sathi pasayib ketishi tufayli, geografik joy sifatida tabiiy xususiyatini (mavqeini) yoʻqotdi.

ABAZIYA

ABAZIYA (yun. a — inkor qoʻshimchasi, basis — qadam) — bemorning mutlaqo yura olmay, hatto tik tura olmay qolishi; uning oyoqlari falaj boʻlmasada, muvozanatni saklay va umuman oʻzini eplay olmaydi. U oʻrnidan tik turishi va qadam qoʻyishi b-noq oyoklari ishlamay yiqilib tushishi mumkin. Kasallik bosh miya peshona qismining shikastlanishi va isteriyada kuzatiladi.

AHOLINING MILLIY TARKIBI

AHOLINING MILLIY TARKIBI — muayyan hudud yoki mamlakatda yashovchi aholining millatlar boʻyicha tarkibi. Aholining milliy tarkibi haqidagi maʼlumotlar aholi roʻyxati oʻtkazish va statistik roʻyxat olib borish yoʻli bilan aniqpanadi. Etnik statistika rivojlanmagan davlatlar, regionlarda esa aholining til birligiga, diniga qarab millatlarga, etnik guruhlarga ajratiladi.

AHMEDOVA Malika Muhamedovna

AHMEDOVA Malika Muhamedovna (1950.3.4, Chimkent viloyati Sayram kishlogʻi) — raqqosa. Oʻzbekiston xalq artista (1984). Toshkent xoreografiya bilim yurtining mumtoz raqs boʻlimini (1968), Toshkent davlat jahon tillari in-tini (1972) tugatgan. Ijrosidagi raqslar milliy boʻyoqlarga boyligi, shoʻxchanligi, serjilva va nazo-katliligi b-n ajralib turadi. Eng yaxshi raqslari: «Koʻzim shaxloga tushdi», «Tamanno», «Ey dilbari jo-non», «Namangan tanavori», «Maqom», «Muhabbat», … Читать далее

AHMEDOV

AHMEDOV Boʻriboy (1924.12.8, Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani Qorasuv qishlogʻi) — tarixchi, sharqshunos. Oʻzbekiston FA akad. (1995), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), tarix fanlari d-ri (1974). Oʻrta Osiyo un-tining sharq f-tini bitirgan (1953). Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida ilmiy xodim, ilmiy kotib, boʻlim boshligʻi (1960 — 90). 1991-y. dan bosh ilmiy xodim. Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasi … Читать далее

AHMADBEKHOJI MEHMONXONASI

AHMADBEKHOJI MEHMONXONASI — Andijondagi meʼmoriy yodgorlik (1905—07). Andijonlik paxta z-di egasi Ahmadbekhoji Temurbek oʻgʻli qurdirgan. Ahmadbekhoji oʻz davrida yirik savdogar, sahovatpesha boy boʻlgan. Uning mehmonxonasi qurilishida mahalliy ustalardan Yu. Musayev, Usta Toshxon, Usta Yahyo va ularning shogirdlari, bezagida S. Norqoʻziyev qatnashgan. Bino tarhi P shaklida, ochiqtomoni Gʻarbga qaratib solingan. Shim. tomoni ikki qavatli. Shim. qanot … Читать далее