AHMEDOVA Malika Muhamedovna

AHMEDOVA Malika Muhamedovna (1950.3.4, Chimkent viloyati Sayram kishlogʻi) — raqqosa. Oʻzbekiston xalq artista (1984). Toshkent xoreografiya bilim yurtining mumtoz raqs boʻlimini (1968), Toshkent davlat jahon tillari in-tini (1972) tugatgan. Ijrosidagi raqslar milliy boʻyoqlarga boyligi, shoʻxchanligi, serjilva va nazo-katliligi b-n ajralib turadi. Eng yaxshi raqslari: «Koʻzim shaxloga tushdi», «Tamanno», «Ey dilbari jo-non», «Namangan tanavori», «Maqom», «Muhabbat», «Zarafshon mali-kasi», «Nargiz», «Xayolim senda» va b. «Maysaraning ishi» (S. Yudakov), «Zebuniso» (S. Jalil) operalarida balet partiyalarini ijro etgan. Shuningdek, repertuaridan arab, afgʻon, ispan, turk, eron, hind va b. xalqlar raqslari oʻrin olgan. Ahmedovaga bagʻishlab «Bu sehrli raqs dunyosi» videofilmi suratga olingan. Keyingi yillarda baletmeysterlik qilmoqda. Angliya, Avstraliya, AQSH, Italiya, Yugoslaviya, Yaponiya kabi mamlakatlarda gastrolda boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x