AHMEDOV

AHMEDOV Boʻriboy (1924.12.8, Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani Qorasuv qishlogʻi) — tarixchi, sharqshunos. Oʻzbekiston FA akad. (1995), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), tarix fanlari d-ri (1974). Oʻrta Osiyo un-tining sharq f-tini bitirgan (1953). Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida ilmiy xodim, ilmiy kotib, boʻlim boshligʻi (1960 — 90). 1991-y. dan bosh ilmiy xodim. Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasi raisi (1995-y. dan). Ahmedovning ilmiy faoliyati oʻzbek xalqining etnik tarixi va shakllanishi, manbashunoslik, Oʻrta Osiyo xalqlarining 10 — 19 – a. lardagi ijtimoiy-siyosiy tarixi, Temur va temuriylar davri tarixi hamda madaniyati kabi muhim yoʻnalishlarga qaratilgan. Bir qancha qoʻllanma, lugʻatlar («Tarixdan qisqacha izohli lugʻat», 1977) muallifi. Amir Temurning 660-yilligi (1996) munosabati bilan katta tashkiliy, ilmiy ishlar olib bordi. Amir Temurga bagʻishlangan xalqaro anjumanlar (Parij, Samarqand, 1996)da qatnashib maʼruzalar qildi. «Amir Temur» tarixiy romanini yezdi (1995). Bir kancha kitoblarga masʼul muharrirlik qildi. Asarlari ingliz, fransuz, rus va b. xorijiy tillarda bosilgan. «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» Bosh tahrir hayʼati aʼzosi (1997-y. dan). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). «Amir Temur» (1997), «Buyuk xizmatlari uchun» (1999) ordenlari bilan taqdirlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x