AVTOFAZALASH

AVTOFAZALASH — siklik tezlatgichlarda katta energiyali zaryadlangan zarralar dastasining orbitada turgʻunligini taʼminlash uchun zarralar guruhining oʻrtacha aylanish chastotasini tezlashtiruvchi oʻzgaruvchan elektr maydon chastotasiga avtomatik tarzda tenglashtirib turish. Avtofazalash prinsipini 1944-y. da rus fizigi V. I. Veksler va mustaqil ravishda 1945-y. da amerikalik olim E. Makmillan taklif etgan. Avtofazalash asosida tezlatgichlarning quyidagi asosiy turlari: sinxrotron va … Читать далее

AVTOPILOT

AVTOPILOT (avto… va frans. Pilote — uchuvchi) — uchish apparatlari (samolyot, vertolyot, snaryad va b.)ni avtomatik tarzda (uchuvchi ishtirokisiz) boshqarish mexanizmi. Avtopilot sxemasini K. E. Siolkovskiy tuzgan (1898). Parijda 1914 i. oʻtkazilgan Xalqaro koʻrgazmada Avtopilot boshqargan samolyot birinchi marta namoyish qilingan. Dastlab, Avtopilot samolyot rullarini uchuvchi ishtirokisiz boshqarish uchungina xizmat qildi. Keyinchalik Avtopilot takomillashtirilib samolyotning … Читать далее

AVTOLITOGRAFIYA

AVTOLITOGRAFIYA (avto… va yun. lithos — tosh va grapho — yozaman soʻzlaridan) — litografiya (toshbosma) ning bir turi. Avtolitografiyada chop qilinadigan tasvirni toshbosmaga (baʼzan tosh oʻrniga pyx yoki alyuminiy ishlatilishi mumkin) litograf-usta emas, balki muallif (rassom)ning oʻzi oʻyib ishlaydi. Alan kitoblarga rasmlar tayyorlash, tasvirni alohida chop etish uchun foydalaniladi.

AVSTRIYA-GERMANIYA HARTNOMASI

AVSTRIYA-GERMANIYA HARTNOMASI — Venada Avstriya-Vengriya bilan Germaniya oʻrtasida imzolangan ittifoqchilik shartnomasi. U asosan Rossiya va Fransiyaga qarshi qaratilgan boʻlib, Germaniya boshchiligida harbiy blok (1882-y. Uchlar ittifoqi) tuzilishiga va Yevropa mamlakatlarining ikki qarama-qarshi lagerga boʻlinishiga olib keldi.

AVSTRALIYA PLATFORMASI

AVSTRALIYA PLATFORMASI — Avstraliyaning gʻarbiy va markaziy qismlari va Yangi Gvineya jan. qismini egallagan tokembriy platformasi. Arxey-quyi proterozoyga mansub fundamenti metamorfiklashgan vulkanik jinslar, gneys va granitlardan tuzilgan; yuqori proterozoy-pleozoy davri choʻkindi gʻilofi esa terrigenli, karbonatli va vulkanogen jinslar (platobazaltlar) dan tashkil topgan. Zaminidagi jinslar orasida oltin, temir rudasi, rangli va kamyob metallar, choʻkindi gʻilofida neft … Читать далее

AVLAKOGEN

AVLAKOGEN (yun. aulax — egat va genos — tugʻilish) (geol.) — yoriqlar b-n chegaralangan chuqur va kambar koʻrinishdagi platforma ichki chiziqli suriluvchan zona; «A» terminini 1960-y. da N. S. Shatskiy taklif etgan. U A. ni platformadagi ikkita bir xil zona oraligʻidagi murakkab strukturali egat sifatida belgiladi. Oddiy Avlakogenlar chuqur (baʼzan 5—10 km), kambar (100 km … Читать далее