ADABIYOT VA SANʼAT NASHRIYOTI

ADABIYOT VA SANʼAT NASHRIYOTI, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti — Oʻzbekiston nashriyotlaridan biri. Toshkent sh. da joylashgan. 1957-y. da Oʻzbekiston davlat nashriyoti adabiy-badiiy boʻlimlari negizida tashkil etilgan, Oʻzbekiston davlat badiiy-adabiyot nashriyoti deb atalgan. 1964-y. da «Toshkent» badiiy adabiyot nashriyoti nomi berilgan. 1966-y. dan Gʻafur Gʻulom nomi bilan ataladi. 1970-y. dan hoz. nomda. Nashriyot … Читать далее

AGROTUPROQ RAYONLASHTIRISH

AGROTUPROQ RAYONLASHTIRISH — mintaqalarni oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishiga taʼsir koʻrsatuvchi tuproq xususiyatlari, iqlim va gidrogeologik sharoitlari, litologik-geomorfologik tuzilishi va baʼzi boshqa belgilari (eroziya, shoʻrlanish) ga, shuningdek q. x. ishlab chiqarishining oʻziga xosligiga koʻra hududlarga ajratish (q. Tuproqni rayonlashtirish). Oʻzbekistonda Agrotuproq rayonlashtirishning ilmiy asoslari 30-y. larda yaratilgan. Obikor dehqonchilik sharoitida Agrotuproq rayonlashtirish uchun tuproqlarning kelib chiqishi … Читать далее

AGROKIMYOVIY XARITAGRAMMA

AGROKIMYOVIY XARITAGRAMMA — tuproqning oʻsimliklar oziqlanadigan elementlar bilan taʼminlanganlik darajasini ifodalovchi xarita-sxema. A. x. tuzishda tuproqlar tarkibidagi oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shakldagi fosfor va kaliy, mikroelementlar va b. miqdoriga koʻra 5 guruhga ajratiladi (azotni aniqlash kam qoʻllaniladi). Agrokimyoviy xaritagramma tuzish uchun maydoni 5 — 20 ga li raqamlangan maydonlardan olingan aralash tuproq namunalari tahlili natijalaridan foydalaniladi. … Читать далее

AGREMAN

AGREMAN (frans. agrement — rozilik) — xalqaro huquqda bir davlat hukumatining boshqa davlat doimiy diplomatik vakilini oʻz mamlakatida qabul qilish toʻgʻrisidagi roziligi. Agreman ikkala mamlakat tashqi ishlar idoralari tomonidan yozma ravishda talab qilib olinadi va beriladi.

AGNOZIYA

AGNOZIYA (yun. a — inkor qoʻshimchasi, gnosis — bilish) — fahmlash, tushunish qobiliyatiga ega boʻlmaslik; bunda bemor sezgi aʼzolari b-n narsalarni idrok qilolmaydi. Bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻining ayrim qismlari zararlanganida kuzatiladi. Koʻrish, eshitish, sezgi-taktil Agnoziyasi va b. mavjud. Koʻrish A. sida bemor soʻzlarni oʻqiy olmaydi, raqamlarni tanimaydi. Eshitish A. si (ruhiy karlik)da tanish … Читать далее