AVIATSIYA DVIGATELI

AVIATSIYA DVIGATELI — uchish apparatlari (samolyot, vertolyot va b.) ni harakatlantiruvchi issiqlik dvigateli. Birinchi Aviatsiya dvigateli d bugʻ dvigateli edi; u 1885-y. da Aviatsiya Dvigateli Mojayskiy samolyotiga oʻrnatiddi. Keyingi Aviatsiya dvigateli barcha mamlakatlarda ichki yonuv dvigateli asosida loyihalana boshladi. Keyinchalik asosiy Aviatsiya dvigateli sifatida yengil dvigatel deb hisoblangan, benzin bilan ishlaydigan Aviatsiya dvigateli ishlatildi. 20-a. … Читать далее

AVVAL ADIRLARI

AVVAL ADIRLARI — Fargʻona viloyati Fargʻona tumanidagi bir-biriga parallel ikki qator qir. Ularni 6 km kenglikdagi vodiy ajratib turadi. Shim. qir shim.-sharqqa 10—12 km choʻzilgan, eni 2,5—3 km. Mutlaqbal. 600 m, eng baland joyi 680 m. Jan. qir sharqda Moʻyon adirlariga tutashib ketadi, uz. 8 km, eni 4 km, eng baland joyi 923 m. Adirlar, … Читать далее

AVANGARD

AVANGARD (frans. avantgarde — oldindagi qoʻriqchi) — harbiy safar vaqtida asosiy kuchlarni qoʻriqlash uchun oldinda boruvchi askariy qism (harbiy qoʻshilma, qism yoki boʻlinma). A. oʻz qoʻshinlarini yonidan qoʻriqlashi ham mumkin. Avangardning vazifasi asosiy kuchlarga dushman tomonidan bexosdan qilinadigan hujumlarga yul quymaslik, asosiy kuchlarning jang qilishi uchun sharoit yaratishdan iborat. Avangard qad. oʻzbek harbiy qismlarida hiravul, … Читать далее

ABUSAID MAHZUM

ABUSAID MAHZUM (19 – a. ning 2 – yarmi — 20 – a. boshlari) — samarqandlik oʻlkashunos, xattot, sharq qoʻlyozmalari bilimdoni. V. L. Vyatkinning koʻngilli yordamchilaridan boʻlgan, Ab. M. Vyatkinga Ulugʻbek rasadxonasi haqidagi xalq rivoyatlarini toʻplashda yaqindan yordam bergan va ana shu rasadxona haqidagi sharq qoʻlyozmalarida yozilgan maʼlumotlarni axtarib topib, tayyor holda koʻchirib bergan. Ulugʻbek … Читать далее

ABULFAZL MAQBARASI

ABULFAZL MAQBARASI, Saraxs bobo maqbarasi — meʼmoriy yodgorlik (11 – a.). Hoz. Turkmaniston hududida. Din arbobi Abulfazl (1023-y. v. e.) qabri . ustida qurilgan. Murabba tarhli bino (10,20×10,20 m). Qalin devorining yuqori — toʻrt tomonida ham ravoqli darchalar bor. Qoʻsh gumbazli, gumbaz doirasimon asos ustiga oʻrnatilgan. Ichkarisining dastlabki shakli saqlanmagan. 15 – a. da taʼmir … Читать далее

ABU SHUJO ROʻZROVARDIY

ABU SHUJO ROʻZROVARDIY, Zahiruddin Muhammad ibn Husayn (1045, Ahvoz —1095, Madina) — tarixchi, davlat arbobi. Fiqh, hadis, til va tarix sohasida, xususan somoniylar tarixiga oid bir qancha asarlar yozgan. 1076-y. da xalifa Muqtadiy (1075-94) tomonidan vazirlikka tayinlangan. Uning davrida baʼzi solikdar yengillashtirilgan. U oʻz yerlarini vaqfga ajratib, masjid va madrasalar qurdirgan. Sunniylar va shialar oʻrtasidagi … Читать далее

ABU NASR QUBAVIY

ABU NASR QUBAVIY Axmad ibn Muhammad ibn Nasr (11 — 12-a. lar) — quvalik tarixchi va tarjimon. 1128 — 29 y. larda Narshaxiyning «Tarixi Buxoro» («Buxoro tarixi») asarini arab tilidan fors tiliga tarjima qilgan. Tarjima qilish jarayonida unga Buxoro tarixiga doir katta tarixiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni ham kiritgan. Bu asarning bir necha qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston … Читать далее

ABU JAHL

ABU JAHL (asl ismi Amr ibn Hishom) — Makka zodagonlaridan biri. Muhammad (sav) targʻibotiga qarshi turgani, unga dushmanlik qilgani uchun laʼnatlangan. Islom anʼanasida unga Abu Jahl (jaholat egasi) laqabi berilgan. Abu Jahl makkaliklar va madinalik musulmonlar oʻrtasidagi Badr jangi (624)da halok boʻlgan.

ABSSESS

ABSSESS (lot. abscessus — yiring boylagan joy) — terining shikastlangan joyida mikroblar toʻqimalarni yemirishi natijasida yiring toʻplanishi. Yiring boylagan joy qoʻshni toʻqima yoki aʼzolardan yupqa yoki qalin (piogen) parda bilan ajralib turadi. Abssess teri osti kletchatkasida, muskul, suyak, jigar, oʻpka, taloq, miya va b. aʼzolarda yoki ular oraligʻida paydo boʻlishi mumkin. Abssess bir bemorning bir … Читать далее