AZKAMAR BENTONIT GIL KONI

AZKAMAR BENTONIT GIL KONI — Navoiy viloyati Qiziltepa t. y. stansiyasidan 12 km jan.-sharqda Azkamar alp antiklinal burmada joylashgan. 1946-y. ochilgan. 1958—60 y. larda kon razvedka qilingan va ishga tushirilgan. Konning geologik tuzilishida mezokaynozoy yotqiziqlari ishtirok etgan. Bentonit gili sanoatbop turining qilinligi 60—70 m. Bentonit gilining ishqorli va ishqoriy yer turi maʼlum. Ishkrriy yer turi … Читать далее

AZIMOV Saidmalik Akbarovich

AZIMOV Saidmalik Akbarovich (1946.10.7, Toshkent) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1998). Toshkent davlat ped. in-tining defektologiya f-tini tugatgan (1980). Mehnat faoliyatini 1965-y. dan boshlagan. 1972-y. dan Yunusobod tumanidagi 104-maxsus maktab-internatning mehnat taʼlimi oʻqituvchisi. Azimov darslarni tashkil etishda turli uslublarni qoʻllaydi. Defektologiya boʻyicha ilmiy va amaliy konferensiyalar qatnashchisi. Respublika mehnat taʼlimi ustaxonalari koʻrigida 1-oʻrinni egallagan (1991). … Читать далее

AZIZOV

AZIZOV Yunus (1860-1924) — meʼmor va ganchkor usta. Meʼmor Boqiyevning shogirdi. Dastlab masjid, Madrasa, hammomlarni qurishda qatnashgan. Soʻngra Kattaqoʻrgʻondagi Abdurahimboy madrasasi (1903), Jizzaxdagi Madrasa, Samarqanddagi Xoʻja Yusuf masjidi va b. binolarni qurishga rahbarlik qilgan. Ganchkorlik sirlarini mukammal egallagan, 1921—24 y. larda Tillakori madrasa va Minorai kalonni taʼmirlashda qatnashgan.

AJRALUVCHI BIRIKMA

AJRALUVCHI BIRIKMA — mashinalarning ayrim detallardan boʻlaklarga ajraladigan qilib yasalgan qism va uzellari. Vintli, boltli, shponkali, shlitsali, ponali birikmalar Ajraluvchi birikmalar hisoblanadi. Ajraluvchi birikmani biror detalga ham shikast yetkazmay qismlarga ajratish va yigʻish mumkin.

AJI

AJI — qad. diniy eʼtiqodlarga koʻra, yaxshiliklarni yaratuvchi Ahuramazdaning dushmani (shayton), fazoda yashovchi dahshatli ajdar, noʻrni oʻgʻirlovchi qora bulut timsoli. Aji qad. afsonalarda insonning ashaddiy dushmani sifatida talqin etilgan.

AJAMIY

AJAMIY ibn Abubakr (12-a. 20-y. lari, Naxichevan — 13-a. boshi) — ozarbayjon meʼmori. Naxichevan meʼmorlik maktabi vakili. Ajamiy Yusuf ibn Qusayr maqbarasini (1161—62), Muʼmina xotun (Atobak) maqbarasini (1186), Naxichevandagi peshtoqlar bilan tutashtirilgan minoralarni qurgan. Ajamiyning qurgan binolari mukammal qismlari mustaqil hal etilgan, bezaklari jozibali, Ajamiy binolari oʻrta asr Ozarbayjon meʼmorchiligida hamda Yaqin Sharq mamlakatlari meʼmorligi … Читать далее

ADER

ADER — Sharqiy Antarktidadagi qoyadan iborat burun, Ader ya. o. da Viktoriya Yerining shim.-sharqiy chekkasi. 1841-y. da J. Ross boshliq ingliz ekspeditsiyasi topgan va doʻstining nomi bilan atagan. Ader yonida 1899-y. da K. Borxgrevin boshchiligidagi Britaniya ekspeditsiyasi Antarktida materigida qish-lab qolgan birinchi Keyp-Ader st-yasini barpo etdi. St-ya bir yil davomida faoliyat koʻrsatdi.

ADRENOGENITAL SINDROM

ADRENOGENITAL SINDROM — kortikosteroidlar biosintezi uchun zarur fermentlarning tugʻma nuqsoni oqibatida yuz beradigan klinik simptomlar majmui. Unga buyrak usti bezi poʻst qavatining tugʻma virilizatsiyalovchi giperplaziyasi sabab buladi. Adrenogenital sindromning virilizatsiyalovchi xilida qonda kortizol miqdori deyarli kam bulib, androgenlar koʻpayib ketadi. Bunda qiz homilaning tashqi jinsiy aʼzolari oʻgʻil homilaga xos boʻladi. Qiz tugʻilganidan keyin virilizatsiya davom … Читать далее

ADLIYA

ADLIYA ( arab, adl — adolat, toʻgʻrilik, haqqoniylik, odil sudlov, xolislik) — sudlov muassasalari, sud tashkilotlari va ular faoliyatini anglatadigan tushuncha. A. keng maʼnodagi huquqdir. OʻzRda Adliya organlari faoliyatiga OʻzR Adliya vazirligi rahbarlik qiladi. OʻzRning qabul qilingan «Sudlar toʻgʻrisida»gi Qoiuni (1993-y. 2 sent.) 10-moddasi talabiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent sh. sudi, tuman … Читать далее