AZIMOV Saidmalik Akbarovich

AZIMOV Saidmalik Akbarovich (1946.10.7, Toshkent) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1998). Toshkent davlat ped. in-tining defektologiya f-tini tugatgan (1980). Mehnat faoliyatini 1965-y. dan boshlagan. 1972-y. dan Yunusobod tumanidagi 104-maxsus maktab-internatning mehnat taʼlimi oʻqituvchisi. Azimov darslarni tashkil etishda turli uslublarni qoʻllaydi. Defektologiya boʻyicha ilmiy va amaliy konferensiyalar qatnashchisi. Respublika mehnat taʼlimi ustaxonalari koʻrigida 1-oʻrinni egallagan (1991). Respublika taʼlim markazi huzuridagi defektologiya ilmiy metodika kengashi aʼzosi. Bir qancha oʻquv-metodik adabiyot va dasturlar mual-lifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x