AZKAMAR BENTONIT GIL KONI

AZKAMAR BENTONIT GIL KONINavoiy viloyati Qiziltepa t. y. stansiyasidan 12 km jan.-sharqda Azkamar alp antiklinal burmada joylashgan. 1946-y. ochilgan. 1958—60 y. larda kon razvedka qilingan va ishga tushirilgan. Konning geologik tuzilishida mezokaynozoy yotqiziqlari ishtirok etgan. Bentonit gili sanoatbop turining qilinligi 60—70 m. Bentonit gilining ishqorli va ishqoriy yer turi maʼlum. Ishkrriy yer turi sanoatbop gillarning asosiy qismini tashkil etadi. Azkamar bentonit gili keramzit i. ch. da, burgʻi quduqlarini parmalashda ishlatiladigan suyuqliklar tayyorlashda, shuningdek asborbent sifatida paxta yogʻi, vino, meva sharbatlarini tozalashda foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x