ARGʻADAL
ARGʻADAL (turkiycha) — qad. turkiy xalqlarda, keyinchalik Amir Temur va temuriylar davrida dushmanga qoʻqqisdan zarba berish maqsadida askarlar berkinadigan pana joy, pistirma.
ARGʻADAL (turkiycha) — qad. turkiy xalqlarda, keyinchalik Amir Temur va temuriylar davrida dushmanga qoʻqqisdan zarba berish maqsadida askarlar berkinadigan pana joy, pistirma.
ARSHAK (? – mil. av. 248Gʻ247) — Parfiyada hukmronlik qilgan sulola asoschisi. Kaspiy dengizining jan.-sharqida yashagan parn qabilasining boshligʻi boʻlgan. Arshak aslida qabila boshligʻiga berilgan unvondir. «Ar» (er) soʻzi botir, mard, bahodir, pahlavon demakdir; Arshak esa shaklarning botiri maʼnosini anglatadi. Baʼzi tarixchilar (V. G. Lukonin) Arshakni qad. pahlaviycha Kavi Arshan — bahodir kamonchi nomi bilan … Читать далее
ARXIPELAG (ital. agareo soʻzidan) — bir-biridan unchalik uzoq boʻlmagan va odatda bir butun deb hisoblanadigan orollar toʻdasi. Bir Arxipelagga kiradigan orollar paydo boʻlishi, geologik tuzilishi, oʻsimliklari, hayvo-not dunyosi jihatidan oʻxshash boʻladi.
ARXEOLOGIYA XARITAGRAFIYASI — tarixiy xaritagrafiyaning maxsus tarmogʻi; arxeologiya maʼlumotlari asosida turli xildagi tarixiy voqea va hodisalarni grafika asosida xaritaga tushirish. Arxeologiya xaritagrafiyasi tuzishda: a) arxeologik madaniyatlarning joylashuvini koʻrsatish; b) arxeologik madaniyatlarning va etnik guruhlarning oʻzaro aloqasi, bir-biriga taʼsiri va bir joydan ikkinchi joyga kuchishini oʻrganib, xaritada belgilash; v) i. ch. turlari, q. x. ekinlari joylashgan … Читать далее
ARXAR SVITASI (Boʻkantogʻdagi Arxar qudugʻi nomiga qoʻyilgan) — oʻrta karbon davrining kashira gorizonti (qatlamlari)ga kiradigan svita. A. yeda qumtosh, gravelit va konglomeratlarning bir qancha qatlamlari ostin-ustun yotadi. Qalinligi Boʻkantogʻda 1300 m. Asosan Boʻkantogʻ, Toʻxtatogʻda tarqalgan.
ARTROGRIPOZ (yun. arthron — boʻgʻim, grypos — qiyshaygan) , qiyshiqlik — harakat aʼzolarining tugʻma kasalligi; bunda qoʻl-oyoq muskullari yaxshi rivojlanmaganligi uchun ular qingʻirqiyshiq, boʻgʻimlarda harakat cheklangan boʻladi yoki butunlay boʻlmaydi.
ARTERIAL BOSIM — arteriya tomirlari ichidagi bosim (q. Qon bosimi).
ARSLONBOB — Fargʻona tizmasi b-n Boyboshota tizmasining qoʻshilgan joyida 1400 m balandlikda joylashgan kurort joy. Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining Bozorqoʻrgʻon tumani hududida. Bu yerdan Fargʻona tizmasining qorli choʻqqilaridan boshlanadigan Arslonbob soyi oqib oʻtadi. Aholisi asosan oʻzbeklar, qirgʻizlar. Iqlimi iliq, yozi salqin, sovuq boʻlmaydigan davr bir yilda qariyb 230 kun. Iyulning oʻrtacha t-rasi 20 — 25°, … Читать далее
ARRON — Kavkaz Albaniyasining 6 — 9-a. lardagi arabcha nomi; 9 — 10-a. larda Kura va Arake daryolari oraligʻidagi hudud (hoz. Mil dashti).
ARPAJEVAK — xotin-qizlar boʻyniga taqadigan ziynat buyumi, jevakning bir turi. Arpa shaklida ishlangan yupqa kumush yoki yuziga tilla suvi yuritilgan kumush donachalaridan iborat boʻlib, qora ipak ipga bir dona marjon, bir dona «arpa» ketma-ket oʻtkazilib tayyorlanadi.