ARXEOLOGIYA XARITAGRAFIYASI

ARXEOLOGIYA XARITAGRAFIYASI — tarixiy xaritagrafiyaning maxsus tarmogʻi; arxeologiya maʼlumotlari asosida turli xildagi tarixiy voqea va hodisalarni grafika asosida xaritaga tushirish. Arxeologiya xaritagrafiyasi tuzishda: a) arxeologik madaniyatlarning joylashuvini koʻrsatish; b) arxeologik madaniyatlarning va etnik guruhlarning oʻzaro aloqasi, bir-biriga taʼsiri va bir joydan ikkinchi joyga kuchishini oʻrganib, xaritada belgilash; v) i. ch. turlari, q. x. ekinlari joylashgan va tarqalgan tumanlar, qad. sugʻorilgan yerlar va irrigatsiya inshootlari va b. ni aniqlab berish; g) kad. savdo yoʻllarini, mamlakat yoki xalqlar oʻrtasidagi ijodiy aloqalarni oʻrganib, xaritaga tushirish; d) oʻtmishdagi ijtimoiy hodisalarning geografik faktlar bilan aloqasini oʻrganish va xaritada koʻrsatish. Arxeologiya xaritagrafiyasi 19-a. oʻrtalarida paydo boʻldi. 20-a. da esa Arxeologiya xaritagrafiyasi kengayib, qad. xalqlarnilg madaniyati, yashagan joylari toʻgʻrisida bayon etuvchi tematik va tipologik xaritalar, boshqa arxeologik, paleoetnografik maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan xaritalar paydo boʻldi. Arxeologiya xaritagrafiyasida arxeologiya yodgorliklarining geografik jihatdan joylanishini aniqlash va xaritaga tushirish bu obyektlarni muhofaza etish va tadqiq qilish imkonini beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x