ARSLONBOB

ARSLONBOBFargʻona tizmasi b-n Boyboshota tizmasining qoʻshilgan joyida 1400 m balandlikda joylashgan kurort joy. Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining Bozorqoʻrgʻon tumani hududida. Bu yerdan Fargʻona tizmasining qorli choʻqqilaridan boshlanadigan Arslonbob soyi oqib oʻtadi. Aholisi asosan oʻzbeklar, qirgʻizlar. Iqlimi iliq, yozi salqin, sovuq boʻlmaydigan davr bir yilda qariyb 230 kun. Iyulning oʻrtacha t-rasi 20 — 25°, havoning nisbiy namligi yoz oylarida 30 — 40%; havosi toza. Yiliga oʻrtacha 600 — 800 mm yogʻin yogʻadi. Tabiati nihoyatda boy va rang-barang, togʻ yon bagʻirlari qalin oʻrmon. A. da tabiiy yongʻoqzor, pistazor, olmazor, bodomzor va olchazor koʻp. Arslonbob qishlogʻi maxsus yongʻoqzor-mevazor oʻrmon xoʻjaligi qaramogʻida. Arslonbob atrofida oʻrmonmevachilik xoʻjaligi tashkil qilingan. 1945-y. dan bu yerlar davlat qoʻriqxonasi hisoblanadi. Daraxtzorlar qariyb 265 ming ga maydonni tashkil qiladi. Mevali oʻrmonlardan yongʻoq, olma, pista va olcha yigʻib olinadi. Asalarichilik rivojlangan. Arslonbob yongʻoqzorlarida moʻynali hayvonlar iqlimlashtirilgan. Bu yerga har yili turist va dam oluvchilar kelib ketishadi, bolalar dam olish maskanlari bor. A. qadimdan Arslonbobota nomi bilan bogʻliq ziyoratgoh joy.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x