AXBOROT MASHINASI

AXBOROT MASHINASI — katta hajmli axborotlardagi maʼlumotlarni saqlash, ularga ishlov berish, ularni izlash jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish uchun moʻljallangan raqamli hisoblash mashinasi. Ax. m. axborotni avtomatik tarzda tasniflaydi va uni maʼlum xotira qurilmasiga kiritadi yoki axborotni izlash jara-yonini tezlashtirish uchun belgilar bilan taʼminlaydi. Axborot mashinasi katta hajmdagi xotira kurilmasi borligi b-n; maʼlumotlarni kiritish va chiqarish … Читать далее

AFSHONA

AFSHONA, Afshina — Buxoro viloyati, Romitan tumanida joylashgan qad. qishloq. Narshaxiyning yozishicha, «Afshona mustahkam hisor va katta shahristonga ega boʻlib, bir qancha qishloqlar unga mansub boʻlgan, u yerda haftada bir kun bozor bulgan. Bu qishloqning ekin yerlari va biyobonlari Madrasa talabalariga vaqf qilingan. Kutayba ibn Muslim u joyda mayejidi jome bino qilgan… Bu yer duo … Читать далее

AFROSIYOB

AFROSIYOB — mifologik obraz. 1) Avestoda Frangxrasyan deb atalgan. Avestoda Afrosiyob shohlik ilohiy martabasi — farn (xvarno)ni qoʻlga kiritish uchun mifologik Vorukasha dengizi tubiga tushishga ahd qiladi va bunda Anaxitadan yordam soʻraydi. Lekin u bu iltimosni rad etadi. Frangxrasyan ust-boshini yechib dengiz tubiga 3-marta shoʻngʻiydi, ammo harakati zoye ketadi. Avestoda u samarasiz harakat qilayotgan afsonaviy … Читать далее

AFONIYA

AFONIYA (yun. a — inkor qoʻshimchasi va phone — ovoz) — shivirlab gapirish qobiliyati saqlangani holda ovoz chiqmay qolishi. Afoniya turli kasalliklar: hiqildoq, nerv sistemasi, shuningdek organizmning umumiy kasalliklari belgisi boʻlishi mumkin. Chin, paralitik, funksional va spastik xillari bor. Ovoz boylamlarining yetarli yumilmasligi yoki tebranmasligi bilan kechadigan kasalliklarda (yalligʻlanish, rak va h. k.) chin A. … Читать далее

AUTOINFEKSIYA

AUTOINFEKSIYA (auto… va infeksiya) — organizmdagi mavjud mikroorganizmlar taʼsirida kasallik paydo boʻlishi. Odam organizmida oddiy sharoitda kasallik qoʻzgʻatmaydigan va shartli patogen mikroblar deb ataladigan turli mikroorganizmlar uchraydi. Qulay sharoitda (organizmning himoya kuchlari kamayganda) ana shu mikroorganizmlar jonlanib, kasallik paydo kiladi. Antibiotiklarni bemav-rid va betartib qoʻllash oqibatida ham Autoinfeksiya rivojlanishi kuzatiladi. Autoinfeksiyani odamning terisi va shilliq … Читать далее

AURA

AURA (yun. aura — esish) — tutqanoq talvasasi tutishidan oldingi holat. Turli koʻrinishda sezgilar buzilishi sifatida namoyon boʻladi. Sensor (teri sezgisi) Aurasida badanning ayrim joylarida ogʻriq, noxush sezgi, uvishib qolish, bir narsa oʻrmalayotgandek sezgi va h. k. seziladi. Koʻrish A. sida koʻz oldida, turli shakllar va ranglar (mas, qon rangi), yongʻin, chaqmoq va b. paydo … Читать далее

ATOM ENERGIYASI

ATOM ENERGIYASI — atomlarning markazida joylashgan atom yadrosida sodir boʻladigan jarayonlar natijasida ajralib chiqadigan energiya. Erkin protonning massasi t = 1,0076 massa atom birligi (m. a. b.)ga, erkin neytronning massasi tpq 1,0089 m. a. b. ga tengligi tajribalarda aniqlangan. Bu qiymatlardan foydalanib atom yadrosining massasi aniqlanadi, chunki Mendeleyev jadvalidagi elementning oʻrniga qarab yadrosida nechta proton … Читать далее