ATOM

ATOM (yun. atomos — boʻlinmas) — kimyoviy elementning barcha xossalarini oʻzida mujassamlashtirgan eng kichik zarrasi. Dastlabki «boʻlinmas» nomini olgan bu zarraning ichki tuzilishi anchagina murakkab. Atom musbat zaryadlangan negiz (yadro) va yadro atrofida harakatlanuvchi elektronlardan tashkil topgan. Atom markazida barcha massasi jamlangan musbat zaryadlangan negiz (yadro) joylashgan; atrofida oʻlchovlari (~ 10~8 sm) Atom oʻlchovlarini ifodalaydigan … Читать далее

ATMOSFERA OPTIKASI

ATMOSFERA OPTIKASI — geofizikaning Quyosh, Oy va b. yoritqichlardan Yer atmosferasini yorib oʻtib kelayotgan nur oqimlariga oid hodi-salarni oʻrganadigan boʻlimi (q. Atmosferadagi optik hodisalar). A. o. asosan, yorugʻlik nurlarining sinishi (q. Yorugʻlik refraksiyasi) tufayli osmon gumbazida yoritqichlarning oʻrni siljiganday boʻlib koʻrinishi, yorugʻlik nurlarining yutilishi, sochilishi va ob-havo hodisalari bilan bogʻliq boʻlgan optik hodisalar (tong shafagʻi, … Читать далее

ATLANTROP

ATLANTROP (Atlas — Afrikadagi togʻli oʻlkadan va yun. anthropos odam) — pitekantroplar turiga mansub deb sanalayotgan qazilma odam. A. bosh suyagi chanoqlari Jazoirda 1954 — 55 y. larda ashel madaniyatiga oid tosh qurollar bilan birga topilgan. Qad. ligi taxm. 360 ming yilga teng.

ATIRGUL MOYI

ATIRGUL MOYI — efir moyi; tiniq moysimon xushboʻy sargʻish suyuqlik. Zichligi 950 — 990 kg/m3 (20° da). Atirgulning, asosan qozonlik (Bolgariyadagi shahar nomidan) atirgulning gulbargini suv bugʻi bilan haydash yoki uchuvchan organik erituvchilar (petroley efiri, benzol, etil spirt va b.) vositasida olinadi. Suv bugʻi bilan haydash usuli koʻproq qoʻllaniladi. 1 kg moy 2 — 5 … Читать далее

ATBARA

ATBARA (arab. — Bahr-al-Asvod) — Sudan va Efiopiyadagi daryo, Nilning oʻng irmogʻi. Uz. 1120 km. Efiopiya togʻligining shim. chekkasidan boshlanadi. Asosan Sudan platosidan oqadi. Suv sarfi oʻzgarib turadi (700 m3/sek dan 2200 m3/sek gacha), quyi qismida qurgʻoqchil davrlarda butunlay qurib qoladi. Yogʻingarchilik paytlarida (iyun-sent.) daryoda suv koʻpayib, kemalar qatnaydi. Nilga quyilish joyida Atbara sh. bor. … Читать далее

ASʼHOB ar-RAʼY

ASʼHOB ar-RAʼY (arab. — fikr tarafdorlari) — raʼy, fikr va aql bilan hukm chiqaruvchi ulamolarga berilgan nom. Islom fanlaridan tafsir, fikd kabi sohalarda ijod qiluvchi olimlar ikki turga boʻlinadi. Birinchi turi — Qurʼonni tafsir qilishda va biror sharʼiy hukm chiqarishda faqat Qurʼon oyatlariga, hadislarga, sahobalar va tobeinlardan naql qilingan rivoyatlarga suyanadigan olimlardir. Ikkinchi turi — … Читать далее

ASFIKSIYA

ASFIKSIYA (yun. a — inkor qoʻshimchasi va sphyxia — puls) , boʻgʻilib qolish — organizmda kislorod yetishmay karbonat angidrid koʻpayib ketishi natijasida paydo boʻladigan kasallik holati. Asfiksiyaga nafas yoʻllarining ichki yoki tashqi tomondan toʻsilib qolishi (mas, boʻgma kasalligida kekirdak va bronxlarga shilimshiq tiqilib qolganda, nafas yoʻllarida yot jismlar, qusuq massasi turib qolganida tomoq boʻgʻilganida), nafas … Читать далее

ASTROSPEKTROSKOPIYA

ASTROSPEKTROSKOPIYA (ostro… va spektr…, yun. skopeo — qarayman) — osmon yoritqichlari nurini spektrga yoyib tahlil qiladigan, unga asoslanib ularning fizik holati, kimyoviy tarkibi, harakati, shuningdek yulduzlararo muhitdagi moddaning xususiyatlarini tekshiradigan astrofizik usul. Osmon yoritqichlari spektri teleskopga oʻrnatilgan tirqishli yoki tirqishsiz spektrograf vositasida olinadi. Tirqishli spektrografda bir vaqtning oʻzida bitta yulduz spektrini olish mumkin. Obyektivi oldiga … Читать далее

ASTRONAVIGATSIYA

ASTRONAVIGATSIYA — dengiz kemasi, samolyot, Yerning sunʼiy yoʻldoshi, kosmik kemalar va b. ning harakat yoʻnalishi va vaziyatini aniqlash usuli. Dengiz kemasi yoki samolyotning vaziyati va harakat yoʻnalishini astronomik kuzatishdan aniqlash usullari dengiz astronomiyasi yoki aviatsiya astronomiyasida oʻrganiladi. Hozir Yerning sunʼiy yoʻldoshlari yordamida dengiz va okeanlardagi kemalar va avtomatik apparatlarning vaziyatlarini, yoʻnalishlarini, tezligini va orbitalarini Yer, … Читать далее