ADRENOKORTIKOTROP GORMON

ADRENOKORTIKOTROP GORMON (AK. TG) , kortikotropin — gipofizning old boʻlagida ishlanib chiqadigan gormon. U 39 aminokislota krl-digʻidan tashkil topgan bitta polipeptid zanjiridan iborat. Adrenokortikotrop gormon buyrak usti bezining poʻst qavatini stimullaydi, turli kortikosteroid gormonlar (mineralokortikoidlar, glyukokortikoidlar, androgenlar) ishlanib chiqishini kuchaytirib, moddalar almashinuvining deyarli hamma turlariga taʼsir koʻrsatadi. Organizmning turli qoʻzgʻatuvchilarga nisbatan moslanish (adaptatsiya) va qarshilik koʻrsatish (reaktivlik) qobiliyatini belgilashda rol oʻynaydi. Adrenokortikotrop gormon revmatizm, podagra, bronxiol astma, leykemiya, neyrodermit, psoriaz, ekzema kabi kasalliklarni shuningdek allergik kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Soʻnggi vaqtda Adrenokortikotrop gormonni sintetik yoʻl bilan olishga muvaffaq boʻlindi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x