ALKOR

ALKOR, togʻzira (Athamanta macrophylla) — ziradoshlar oilasiga mansub oʻq ildizli koʻp yillik rezavor oʻsimlik. Boʻyi 1—2 m. Yoshiga qarab har yili bittadan 15 tagacha poya chiqaradi. Barglari murakkab, qalin. Toʻpgullari soyabon, murakkab, poyasining uchida joylashgan. Har bir soyabonchada 20 tacha gul boʻladi. Ildizi yoʻgʻon. Urugʻlari mayda, tuxumsimon, uz. 4—6 mm. Alkor iyun — iyulda gullaydi, … Читать далее

ALKALOIDLAR

ALKALOIDLAR — oʻsimliklarda, kamdan-kam hollarda hayvonot organizmida uchraydigan va asos xossasiga ega boʻlgan azotli organik birikmalar. Shular jumlasidan morfinni birinchi marta (1806) nemis aptekari Sertyurner koʻknori shirasi (afyun)dan ajratib oddi. Shundan keyin olimlar oʻsimliklar tanasida neytral va kislota xossasiga ega boʻlgan kimyoviy birikmalargina emas, balki asos xossasiga ega boʻlgan moddalar ham mavjud degan xulosaga keldilar. … Читать далее

ALIMOV Ibrohim Abdugʻafforovich

ALIMOV Ibrohim Abdugʻafforovich (1935.5.4, Andijon) — tarixchi, arxivshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982). Tarix fanlari d-ri (1982), prof. (1989). Moskva davlat tarix-arxiv in-tini tugatgan (1958). Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv boshqarmasi hujjatlardan foydalanish va eʼlon qilish boʻlimining mudiri (1959—64). Oʻzbekiston Markaziy davlat arxivi direktori (1965 — 73). Oʻzbekiston FA Tarix in-tida boʻlim mudiri (1989—95). Andijon … Читать далее

ALIYEVA Iroda Mirzaxonovna

ALIYEVA Iroda Mirzaxonovna (1929.17.12 – Toshkent – 1989.7.7) — Oʻzbekiston xalq artisti (1967). Toshkent sanʼat in-tini bitirib (1951), Hamza nomidagi Oʻzbek davlat akademik drama teatrida ishladi (1951— 72), 1972—89 y. lar «Oʻzbekfilm» kinostudiyasida aktrisa. Nasiba («Ogʻriqtishlar»), Muqaddas («Chin muhabbat»), Shirin («Bir sevgi afsonasi»), Guzin («Turkiya haqida hikoya»), Kamola (R. Tagorning «Halokat» romani asosida yaratilgan inssenirovka … Читать далее

ALI SHATRANJIY SAMARQANDIY

ALI SHATRANJIY SAMARQANDIY (14-a. ning 2-yarmi; asl nomi Ali Tabriziy) — shatranj ustasi. Jahon shaxmat adabiyotiga katta hissa qoʻshgan. Amir Temur davrida unga teng keladigan shaxmatchi boʻlmagan. Shatranj toʻgʻrisida yozib qoldirgan risolasida 60 ta mansuba toʻplagan, shulardan 19 tasini oʻzi tuzgan. Ali Shatranjiy Samarqandiy risolasidagi «Shatranji kabir» tafsiloti Abulfath Ahmad Sijziy kitobidagi bayonning oʻzganasidir. «Shatranji … Читать далее

ALYOXIN Aleksandr Aleksandrovich

ALYOXIN Aleksandr Aleksandrovich (1892.20.10, Moskva – 1946.24.3, Lisabon yaqini, Parijda dafn qilingan) — rus shaxmatchisi, huquqshunoslik d-ri. 4-marta jahon (1927—35; 1937-46), RSFSR (1920) chempioni. 1921-y. dan Fransiyada yashagan. U «Alyoxin himoyasi» debyutini ishlab chiqqan. Alyoxin taxtaga qaramay oʻynash boʻyicha jahonda tengsiz shaxmatchi. Alyoxin ijod qilgan partiyalar, nazariytanqidiy asarlar hamon shaxmatchilar tomonidan oʻrganiladi.

ALEKSANDRIYA URUSHI

ALEKSANDRIYA URUSHI (mil av. 48-47) — Yuliy Sezar qoʻmondonligi ostidagi Rim legionlarinining Misr davlati bilan urushi. Jang harakatlari asosan Aleksandriya sh. atrofida sodir boʻlgan. Pompei ketidan Misrga kelgan Sezar Kleopatra va uning ukasi Ptolemey Dionis oʻrtasidagi sulolaviy kurashga aralashib, Kleopatraga yordam bergan. Nil boʻyidagi jangda (48 y.) rimliklar gʻalaba qozonganlar. Kleopatra Misr taxtini egallagan. Aleksandriya … Читать далее

ALEKSANDER

ALEKSANDER Semyuel (1859.6.1, Sidney — 1938.13.9, Manchester) — ingliz faylasufi, neorealizm vakili, emerjent evolyutsiyasi nazariyasi asoschilaridan biri. Uning taʼlimoti Spinoza, Yum va Spenserttt falsafiy qarashlariga oʻxshab ketadi. Aleksander naturalistik metafizika doirasidagi monistik aktualizm vakili hisoblanadi. Idealizmda mutlaqlik tushunchasi qanday oʻrin egallasa makon-zamon munosabatlari tushunchasi uning uchun shunchalik muhimdir, lekin makon-zamon munosabatlari asosida materiya yotadi, jami … Читать далее

AL GU

AL GU, Olgu (7-1264) — Chigʻatoy ulusi xoni (1260—64). Mashhur moʻgʻul mergani Baydarning oʻgʻli, Chigʻatoyxonning nabirasi. Qoon Munke vafoti (1259)dan soʻng oliy hokimiyat taxtiga ayni vaqtda uning ikki ukasi — Xitoyda Xubilay va Moʻgʻulistonda Oriqbuqo daʼvogarlik qildi. Natijada taxt uchun oʻzaro kurash boshlanib, Xubilay Xitoydan Moʻgʻulistonga gʻalla yubormay qoʻydi. Shunda Oriqbuqo Al guga ocharchilik boshlangan … Читать далее