ALI SHATRANJIY SAMARQANDIY

ALI SHATRANJIY SAMARQANDIY (14-a. ning 2-yarmi; asl nomi Ali Tabriziy) — shatranj ustasi. Jahon shaxmat adabiyotiga katta hissa qoʻshgan. Amir Temur davrida unga teng keladigan shaxmatchi boʻlmagan. Shatranj toʻgʻrisida yozib qoldirgan risolasida 60 ta mansuba toʻplagan, shulardan 19 tasini oʻzi tuzgan. Ali Shatranjiy Samarqandiy risolasidagi «Shatranji kabir» tafsiloti Abulfath Ahmad Sijziy kitobidagi bayonning oʻzganasidir. «Shatranji kabir»ning ayni shu koʻrinishi Temurning sevgan oʻyini boʻlgan. Tabrizda, keyinchalik Eron, Ozarbayjonda yashagan xoja Ali Tabriziyni Xondamir oʻsha davrda shuhrat topgan shaxmatchi sifatida taʼriflaydi. Ali Shatranjiy Samarqandiy Amir Temur uyushtirgan shaxmat majlislarining doimiy ishtirokchisi boʻlgan. Bir vaqtda 4 kishi bilan 4 ta taxtada gʻoyibona oʻynay olgan. Xoja Ali Tabriziy Amir Temurning farmoni bilan usta shatranjchi sifatida Samarqandga olib kelingach, A Sh. S. nomi bilan shuhrat topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x