AL GU

AL GU, Olgu (7-1264) — Chigʻatoy ulusi xoni (1260—64). Mashhur moʻgʻul mergani Baydarning oʻgʻli, Chigʻatoyxonning nabirasi. Qoon Munke vafoti (1259)dan soʻng oliy hokimiyat taxtiga ayni vaqtda uning ikki ukasi — Xitoyda Xubilay va Moʻgʻulistonda Oriqbuqo daʼvogarlik qildi. Natijada taxt uchun oʻzaro kurash boshlanib, Xubilay Xitoydan Moʻgʻulistonga gʻalla yubormay qoʻydi. Shunda Oriqbuqo Al guga ocharchilik boshlangan Moʻgʻulistonni Turkiston gʻallasi b-n taʼminlashni topshirdi. Lekin A. Koshgʻarga kelgach, Chigʻatoy xonadoniga mansub shahzodalar va ularning tarafdorlarini oʻz atrofiga toʻplab, jiyani Nikpayoʻgʻilni 5 ming kishilik qoʻshin b-n birgalikda Movarounnaxrni bosib olish va u yerdan Berkaxon noiblarini quvib chiqarish uchun joʻnatdi. Shu tariqa Movarounnahr egallanib (1261), A. oʻzini mustaqil xon deb eʼlon qildi. Keyin u Xubilay, Oriqbuqo, Berkaxon va Oʻqtoyxonning nabirasi Xayduga qarshi muvaffaqiyatli urushlar olib borib, hatto hech qachon Chigʻatoy ulusi tarki-biga kirmagan Xorazm va Afgʻonistonda ham oʻz hukmini oʻrnatdi (1262—64). Al gu davrida olib borilgan urushlar oqibatida Movarounnahrning koʻplab shahar va qishloqlari, bogʻ-rogʻ va ekinzorlari vayron boʻldi, minglab tinch aholi qirildi, xalq zimmasiga ogʻir majburiyat va soliqlar yuklandi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x