ANDIJONYOGʻMOY AKSIYADORLIK JAMIYATI

«ANDIJONYOGʻMOY» AKSIYADORLIK JAMIYATIoziq-ovqat sanoati korxonasi, Andijon sh. da joylashgan. «Oʻzyogʻmoytamakisanoat» uyushmasi tarkibiga kiradi. Paxta chigitidan moy, xoʻjalik sovuni, shulxa, kunjara va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi. 1907— 54 y. larda Andijon yogʻ z-di, 1954—94 y. larda Andijon yogʻ-moy kombinati, 1994-y. dek. dan hoz. nomda va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. 1907-y. «T. K. Solovyev va uning kompaniyasi» xususiy firmasi tomonidan tashkil etilgan (sutkasiga 50 t chigitni qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan). 1930—31 y. lar qisman qayta jihozlash ishlari oʻtkazilib, chigitdan tuk aj-ratib oluvchi sex va bugʻ qozoni, taʼmirlash sexi, lab. qurildi, ish quvvati sutkasiga 200 t chigitni qayta ishlashga yetkazildi. 1949-y. dan uzluksiz ekstraksiya usuli bilan yogʻ olish oʻzlashtiriddi. 1960-y. da sovun sexi ishga tushirilgach, i. ch. koʻrsatkichlari uch baravar oshdi. 1962-y. dan yogʻni soapstokdan yog kislotalarini distillyatsiya usuli orqali olish sexi ishga tushirildi, natijada sovun sifatini yaxshilashga erishildi. 1983—93 y. larda korxonaning asosiy i. ch. sexlari zamonaviy xorijiy texnologik liniyalar bilan jihozlandi. 1975—96 y. larda korxonaning quvvati sutkasiga 540 t chigitni qayta ishlashga va 85 t xoʻjalik sovuni i. ch. ga yetkazildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x