AFROSIYOB DEVORIY RASMLARI

AFROSIYOB DEVORIY RASMLARI — Afrosiyobda arxeologik qazilmalar natijasida topilgan mahobatli rangtasvirning noyob namunalari. Dastlabki namunalari arxeolog V. Vyatkin tomonidan ochilgan (1913). Keyingi qazishlar davri (1965—68)da oʻzbek arxeologlari 30 ga yaqin saroy xonasini ochishga muvaffaq boʻlganlar, bu xonalarning koʻplari devoriy rasmlar, naqshlar bilan bezatilgan. Shulardan katta (11×11 m) va kichik (7×7 m) xonalardagi rasmlar birmuncha yaxshi … Читать далее

AFRIKA BIRLIGI TASHKILOTI

AFRIKA BIRLIGI TASHKILOTI (ABT) — Afrika qitʼasidagi 53 davlatni (1994) birlashtiruvchi eng yirik mintakaviy siyosiy tashkilot. 1963-y. 25-mayda Afrika mamlakatlari davlatlari va hukumatlari boshliqlarining Addis-Abeba konferensiyasida tashkil etilgan. ABT Afrika davlatlari hamkorligini mustahkamlash, qitʼadagi mamlakatlar mustaqilligini himoya qilish kabi maqsadlarni koʻzlaydi. Afrikadagi har qaysi mustaqil va suveren davlat ABTga aʼzo boʻlishi mumkin. Asosiy organi Davlatlar … Читать далее

AFV ETISH

AFV ETISH — sud hukmi bilan jazo tayinlangan biror shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish yoki unga berilgan jazoni yengillatish. Odatda, davlat boshligʻining qarori bilan amalga kiritiladi. OʻzRda sudning hukmi bilan jazo tayinlangan shaxslarni Prezident tomonidan Afv etish va gunohlaridan oʻtishni anglatadi (OʻzR Konstitutsiyasi, 93-modda, 20band). Afv etish OʻzR Prezidenti tasdiqlagan Nizomda nazarda tutilgan tartiblar va … Читать далее

AUSKULTATSIYA

AUSKULTATSIYA (lot. auscultatio – eshitish) — ichki aʼzolarda yuzaga keladigan tovushlarni eshitib, ular faoliyatini va holatini tekshirish usuli. Mas, yurakurishini eshitib, uning sogʻ yoki kasalligini aniqlash. Auskultatsiyada badanning tegishli qismiga shifokor quloq tutadi (bevosita Auskultatsiya) yoki maxsus asboblar (stetoskop, fonendoskop yoki stetofonendoskop) qoʻyib eshitib koʻradi (bilvosita Auskultatsiya). A. tibbiyot amaliyotida yurak, oʻpka, qon tomir kasalliklarini, … Читать далее

AUD

AUD (yoki Audh) — Shim. Hindistondagi tarixiy viloyat. Gang daryosining oʻrta oqimida joylashgan. Mil. av. 6-a. da Aud hududida quldorlik davlati Koshala boʻlib, butun viloyat uning poytaxti Ayodhye nomi bilan atalgan. Qadimda va oʻrta asrlarda A. Ganga vodiysida tashkil topgan yirik davlatlarning muhim tarkibiy qismi boʻlgan. 18-a. ning 20-y. larida boburiylarning Aud dagi noibi Saodatxon … Читать далее

ATROPATENA

ATROPATENA (yoki Kichik Midiya, Aderbigan) — Jan. Ozarbayjonning yunoncha nomi. Atropatena qad. Midiyaning shim. qismini (hoz. Talish toglari, Arake daryosi va Urmiya koʻllari hududini) oʻz ichiga olgan. Atropatena shu joyning mil. av. 4 – a. dagi hokimi — Atropat (Axomaniylar satrapi) nomidan olingan. Antik davr muarrixlarining Atropatena haqida bergan maʼlumotlari Atropatenani ilk kuldorlik davlati va … Читать далее

ATOM ENERGIYASI BOʻYICHA XALQARO AGENTLIK

ATOM ENERGIYASI BOʻYICHA XALQARO AGENTLIK (AEXA) – (MAGATE) — atom energiyasidan foydalanish boʻyicha hukumatlararo tashkilot, BMTning Nyu-York konferensiyasi qaroriga binoan tashkil etilgan. Nizomi 1956-y. sent. da qabul qilinib, 1957-y. 29-iyulda kuchga kirgan. Bosh qarorgohi — Vena sh. (Avstriya)da. AEXAga 114 mamlakat (1997-y.) aʼzo. AEXA maxsus tashkilotlar katoriga kirishiga qaramay, alohida maqomga ega emas. BMT b-n … Читать далее

ATOM VA MOLEKULALAR DIFRAKSIYASI

ATOM VA MOLEKULALAR DIFRAKSIYASI — kristallardan turli azimutal burchaklarda maksimum, minimumlar hosil qilib, atom va molekulalarning sochilishi. Atom va molekulalar difraksiyasi va m. d. ularning toʻlqin xususiyatiga ega ekanligini namoyon qyladigan hodisa. DeBroyl tenglamasiga asosan v tezlik bilan harakatlanayotgan atom va molekulalarning toʻlqin uzunligi teng, bunda: t — atom yoki molekula massasi, h — Plank … Читать далее

ATMOSFERA FIZIKASI

ATMOSFERA FIZIKASI — atmosferada sodir boʻladigan hodisalarning fizik qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan. Atmosferadagi termodinamik jarayonlar, atmosferaning tarkibiy tuzilishi, unda suv bugʻlarining quyumanishi, bulut, tuman va yogʻinlarning hosil boʻlish jarayonlari, nurlanish, optik, elektr va akustik hodisalarni oʻrganish bilan shugʻullanadi. Atmosfera fizikasining taraqqiy etishi natijasida atmosferaning Yerga yaqin qatlami fizikasi alohida boʻlim sifatida vujudga keldi. U insoniyat, hayvonot … Читать далее