AFRIKA BIRLIGI TASHKILOTI

AFRIKA BIRLIGI TASHKILOTI (ABT) — Afrika qitʼasidagi 53 davlatni (1994) birlashtiruvchi eng yirik mintakaviy siyosiy tashkilot. 1963-y. 25-mayda Afrika mamlakatlari davlatlari va hukumatlari boshliqlarining Addis-Abeba konferensiyasida tashkil etilgan. ABT Afrika davlatlari hamkorligini mustahkamlash, qitʼadagi mamlakatlar mustaqilligini himoya qilish kabi maqsadlarni koʻzlaydi. Afrikadagi har qaysi mustaqil va suveren davlat ABTga aʼzo boʻlishi mumkin. Asosiy organi Davlatlar va hukumatlar boshliadarining assambleyasi, Vazirlar kengashi, Bosh kotibiyat hamda Vositachilik, yarashtirish va hakamlar komissiyasidan iborat. Davlatlar va hukumatlar boshliqlarining assambleyasi — ABT oliy organi hisoblanadi. ABT maʼmuriy organi — Bosh kotibiyat, unga Bosh kotib rahbarlik qiladi. Vositachilik, yarashtirish va hakamlar komissiyasining vazifasi — ABT aʼzosi boʻlgan davlatlar orasidagi hamma nizolarni tinch vositalar bilan bartaraf etish. ABT qarorgohi — Addis-Abeba (Efiopiya) sh. da.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x