ASHSHURBANIPAL

ASHSHURBANIPAL — Ossuriya podshosi (mil. av. 669 — taxm. 633). Misr, Elam, Bobil bilan urushlar olib borgan. Yozma yodgorliklarni toʻplovchi sifatida tarixda qolgan. Ashshurbanipalning kutubxonasi 1849—54 y. larda Nineviya joylashgan yerdan topilgan.

ASHTARXONIYLAR

ASHTARXONIYLAR, Joniylar-1601 — 1757-y. larda oʻzbek davlatchiligini boshqargan sulola. 1601-y. ashtarxoniylardan Boqi Muhammad Buxoro hokimiyatini qoʻlga olgach, shayboniylar sulolasi hukmronligi tugatilgan. Ashtarxoniylar Joʻjixon naslidan boʻlib, 14-a. ning 80-y. laridan boshlab Astraxon (Ashtarxon, Hoji Tarxon) va uning atrofidagi yerlar, xalklar ustidan xukmronlik qilgan. 1556-y. Astraxonni Rossiya bosib olgandan keyin, Ashtarxoniylardan Yormuhammadxon oilasi bilan Buxoroga koʻchib kelgan. … Читать далее

ASHIKOʻL

ASHIKOʻL — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi koʻl. Amudaryoning oʻng sohilida. Gʻarbda Bestoʻba va sharqda Kushtepa balandliklari orasida joylashgan. Shim. dan jan. ga yoʻnalgan. Gʻarbiy sohillari Tabaqqum choʻliga tutash. Uz. 800—1000 m, eni 300—350 m, oʻrtacha chuq. 2—3 m. Sugʻorishdan ortgan va tashlama suv kelib quyiladi. Suv koʻp kelgan yili sathi kengayadi. Qirgʻoqlari qumloq, qamishzor, oʻrtacha shoʻrligi 1 … Читать далее

ACHCHIQBODOM

ACHCHIQBODOM (Amygdalus bucharisa) — raʼnodoshlar oilasiga mansub kichkina daraxt yoki buta. Balandligi 1,5 m ga yaqin. Barglari nashtarsimon yoki tuxumsimon, boʻyi 3 — 4, eni 1,5 — 2 sm, bir yillik novdalarida bittadan, eski novdalarida gʻuj-gʻuj joylashgan. Gullari ikki jinsli, och binafsha rangli, boʻyi 14—19, eni 8—11 mm. Bodomning poʻsti qalin tuk bilan qoplangan, boʻyi … Читать далее

ATSIDOFILIYA

ATSIDOFILIYA (lot. acidus — nordon, kislotali va… filiya) — hujayra sitoplazmasi va b. ichki elementlar yoki tolasimon tuzilmalarning kislotali boʻyoqlar (eozin, nordon fuksin va b.) b-n boʻyalish xususiyati. Asidofiliyadan qon hujayralarini bir-biridan farqlashda foydalaniladi.

ATSETAT TOLA

ATSETAT TOLA, atsetat ipak — atsetilsellyulozadan olinadigan sunʼiy tola. A. t. 140 — 150° gacha t-raga bardosh beradi, bundan yukrri t-rada deformatsiyaga uchrab, shaklini oʻzgartiradi. Asetat tola qovushqoqligi, yumshoqligi, chiroyliligi, kimyoviy pishiqligi va quyosh nuri taʼsiriga chidamliligi sababli sanoatda tobora koʻp ishlatilmoqda. Tarkibidagi gidroksil va atsetil guruhlarning nisbiy miqdori bilan farqlanuvchi Asetat tolalar toʻqimachilik sanoatida … Читать далее

AXOMANIYLAR

AXOMANIYLAR — Axomaniylar davlatink boshqargan qad. fors podshohlari sulolasi (mil. av. 558 — 330). Axomaniylar sulolasi qad. fors urugʻidan boshlanib, bu urugʻ asoschisi Axoman (qad. forschada Xaxomanish) aftidan, mil. av. 7 – a. boshida Elam chegaralariga — Parsua (yun. Persida) deb nom olgan viloyatga koʻchib kelgan fors kabilalarining yoʻlboshchisi boʻlgan. Axoman oʻgʻli Teisp (Chishpish) va … Читать далее