AXEN

AXEN — Germaniyadagi shahar, Shim. Reyn-Vestfaliya yerida. Aholisi 244 ming kishi (1992). Koʻmir havzasi markazi. Balneologik kurort shahri. Texnika un-ti bor. Rimliklarning shifo maskanlari atrofida joylashgan Akve Grani turar joyi sifatida 1-a. dan maʼlum. 8 — 9-a. larda Buyuk Karl qarorgohi boʻlgan. Oʻrta asrlarda Axen imperiya shahri statusini olgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Buyuk Karl «pfals»i (qarorgohi) … Читать далее

AFGʻONLAR

AFGʻONLAR (oʻzlarini pushtun, patan deb ataydilar) — xalq, Afgʻonistonning asosiy aholisi (10 mln. kishidan ortiq, 1992). 19 mln. dan ortiq kishi (asosan koʻchmanchi va yarim koʻchmanchilar) Pokistonning shim.gʻarbida yashaydi. Qabila birlashmalari saqlangan (afridiylar, vazirlar, gilzoyilar, durroniylar va b.). Pushtu tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan musulmon-sunniylar.

AFSONAK

AFSONAK (Thermopsis) — burchoqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Asosan Osiyo va Shim. Amerikada oʻsadi. Koʻpchiligi zaharli. Baʼzi turlari ekinlar orasida oʻsadi. Oʻrta Osiyoda bu turkumning 3 turi boʻlib, Oʻzbekistonda tarqalgan Th. dolichocarpa va Th. alternifl ora nomli turlarining barglari uch yaproqli, poyasi tuqdor; gullari sariq shingil toʻpgulga yigʻilgan, kosachasi yotiq tukli; dukkaklari tasmasimon … Читать далее

AFRIKA QOʻNOGʻI

AFRIKA QOʻNOGʻI (Pennisetum tuphoidum) — bir yillik don va yem-xashak ekini. Tashqi koʻrinishidan makkajoʻxori va sorgo (oqjoʻxori, qoʻqon joʻxori)ga oʻxshaydi. Osiyo, Afrika, qisman Jan. Yevropaning quruqiqpimli zonalarida yetishtiriladi. Doni oziq-ovqatga va hayvonlarga yem uchun ishlatiladi. Bargi va poyasidan koʻk ozuqa va pichan tayyorlanadi. 100 kg donida 89 ozuqa birligi, 10 kg hazm boʻladigan protein, 100 … Читать далее

AFIDOFAGLAR

AFIDOFAGLAR (lot. aphis — oʻsimlik biti va yun. phagos — yeyuvchi) — asosan bitlar bilan oziqlanib yashovchi yirtqich va parazit hasharotlar turkumi. Oʻsimliklarni himoya qilishning biologik usullarida keng qoʻllanadi (q. Foydali hasharotplar).

AUTBRIDING

AUTBRIDING (ing. out — tashqari va breed — urchitish) — bir-biriga irsiy jihatdan yaqin (qarindosh) boʻlmagan organizmlarni chatishtirish. Chorvachilikda Autbridingdan maqsad baʼzi bir qondosh hayvonlarda uchraydigan nuqsonlar (hayvon tana tuzilishi, mahsuldorlik koʻrsatkichlari, rezistentlikning pasayishi va h. k. lar)ni yoʻqotishda qoʻllaniladi. Autbriding avvaldan rejalashtirilgan, yaxshilanishi zarur boʻlgan belgilarni inobatga olgan holda bajariladi. Har xil ekologik zonalardagi … Читать далее

AUDIT

AUDIT (ing. audit — u eshitadi) — mu-ayyan vakolatlar berilgan shaxslar — auditorlar (auditorlar firmalari) tomonidan xoʻjalik yuritayotgan subyektlarning moliyaviy hisobotlari toʻgʻriligini, ular amalga oshirgan moliyaviy va xoʻjalik operatsiyalarining mamlakat qonunlariga muvofiqligini tekshirish maqsadlarida oʻtkaziladigan moliya hujjatlari ekspertizasi va tahlili; taftish. Uning ichki Audit va tashqi Audit turlari bor. Ichki Audit boshqaruvning korxona xoʻjalik faoliyati … Читать далее

ATTENYUATOR

ATTENYUATOR (frans. attenuer — kuchsizlantirish) — elektr kuchlanishi, tok kuchi, elektr yoki elektromagnit tebranishlarining kuvvatini bir meʼyorda, bosqichma-bosqich yoki muayyan qiymatgacha pasaytiruvchi kurilma. Attenyuator alohida kurilma sifatida, oʻlchash asboblari yoki b. asboblar bilan birga tayyorlanadi. Reostat va potensimetrdan farqi rostlash jarayonida Attenyuatorning kirish qismlari orasidagi qarshilik oʻzgarmasligidan iborat. Attenyuator asosan yuqori chastotali oʻlchov asboblarida, mas, … Читать далее

ABBREVIATURA

ABBREVIATURA (ital. abbreviature — qisqartma lot. abbrevio — qisqartiraman) — 1) lingvistikada: soʻz birikmalarini qisqartirib hosil qilingan soʻzlar: a) birikma tarkibidagi soʻzlar birinchi harflari alifbo tartibida oʻqiladi yoki oddiy soʻz — harflar anglatgan tovushlar kabi talaffuz etiladi. Mas, BMT (be-me-te) — Birlashgan Millatlar Tashkiloti, MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi); b) murakkab qisqartma soʻzlar: soʻz birikmalari tarkibidagi … Читать далее