AUDIT

AUDIT (ing. audit — u eshitadi) — mu-ayyan vakolatlar berilgan shaxslar — auditorlar (auditorlar firmalari) tomonidan xoʻjalik yuritayotgan subyektlarning moliyaviy hisobotlari toʻgʻriligini, ular amalga oshirgan moliyaviy va xoʻjalik operatsiyalarining mamlakat qonunlariga muvofiqligini tekshirish maqsadlarida oʻtkaziladigan moliya hujjatlari ekspertizasi va tahlili; taftish. Uning ichki Audit va tashqi Audit turlari bor. Ichki Audit boshqaruvning korxona xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisida axborot olish, menejerlar hisobotining haqqoniyligini tasdiqlash maqsadlarini koʻzlaydi. Tashqi Audit oʻzaro mustaqil tomonlar (korxona va auditorlik firmasi) oʻrtasida shartnoma asosida amalga oshiriladi. Auditda korxona moliyaviy hisobotining toʻgʻriligiga baho beriladi, uning amaldagi qonunchilikka mos kelishi tasdiqlanadi. Audit yoʻnalishiga koʻra umumiy Audit (korxonalar, birlashmalarning tashkiliy-huquqiy shakli hamda mulkchilik turlaridan qatʼi nazar), bank A., sugʻurta tashkilotlari Audit, investitsiya institutlari Audit va b. ga boʻlinadi (q. Auditorlik xizmati).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x