AUTBRIDING

AUTBRIDING (ing. out — tashqari va breed — urchitish) — bir-biriga irsiy jihatdan yaqin (qarindosh) boʻlmagan organizmlarni chatishtirish. Chorvachilikda Autbridingdan maqsad baʼzi bir qondosh hayvonlarda uchraydigan nuqsonlar (hayvon tana tuzilishi, mahsuldorlik koʻrsatkichlari, rezistentlikning pasayishi va h. k. lar)ni yoʻqotishda qoʻllaniladi. Autbriding avvaldan rejalashtirilgan, yaxshilanishi zarur boʻlgan belgilarni inobatga olgan holda bajariladi. Har xil ekologik zonalardagi bir zotga mansub, lekin qarindosh boʻlmagan hayvonlarni urchitish ularning hayotchanligini oshirishda yaxshi samara beradi. Oʻzbekistonda Autbriding naslchilik bosh-qarmalari va inspeksiyalari rahbarligida naslli mollar va ularning urugʻidan foydalanish yoki xoʻjaliklarda nasldor erkak hayvonlarni almashtirish orqali amalga oshiriladi. Autbriding faqat sof holda urchitiladigan hayvonlarni koʻpaytirishda qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x