AYINSHIQ

AYINSHIQ — kiyim bezagi; qoraqalpoq bolalari kiyimiga taqiladi. Ayinshiq matodan uchburchak shaklda tayyorlanib, turli xil gulli kashtalar tikib bezatiladi, munchoqlar qadaladi. Keyinchalik unga kichkina tumorcha ham qadab qoʻyish urf boʻlgan. Ayinshiq qadimdan yosh bolalar yelkasiga taqilgan. Oʻtmishda qoraqalpoq ayollari ham Ayinshiqdan bezak sifatida foydalangan.

BRAZILIYA OQIMI

BRAZILIYA OQIMI — Atlantika okeanidagi iliq oqim. Jan. Passat oqimining Jan. Amerika qirgʻoklari yaqinidagi tarmogʻi. SanRoki burni (Jan. Amerika) dan boshlanib, Braziliya qirgʻoqlari boʻylab 40° jan. kenglikkacha boradi, bu yerda Folklend sovuq okimi va Gʻarbiy Shamollar oqimi nomli sovuq oqim bilan toʻqnashadi. Tezligi soatiga 1—2 km. T-rasi 18—26°. Shoʻrligi 35— 37,25%o va undan ortiq. Пост … Читать далее

AYBLOV

AYBLOV (huquqda) — muayyan jinoiy qilmishni sodir etganlikda ayblanib, jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan shaxsning aybdorligini isbotlash maqsadida qilingan harakat. A. shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi tergovchi yoki prokurorning qarorida bayon qilinadi (OʻzR JPK, 361-modda).

BOGʻOT

BOGʻOT — Xorazm viloyatidagi qishloq. Boyut tumanы markazi. Bogʻot shim. gʻarbda Xoʻjalik, jan. sharqda Beshariq qishloqlariga yondosh. Yaqin t. y. stansiyasi Xonqadan 12 km. Bogʻotdan Urganchgacha 30 km. Aholisi 8,8 ming kishidan ziyod (2000). Tarixiy manbalardan Bogʻot 2000-yillik tarixga ega ekanligi maʼlum. Bogʻot jan. dagi Qalʼajiq (Dovudqalʼa) dan topilgan buyumlar milod boshlariga oidligi aniqlangan. Bu … Читать далее

AZOTLI IPRIT

AZOTLI IPRIT — organik birikma, rangsiz suyuqlik. Suvda yomon, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Azotli iprit iprit (dixlordietilsulfid)dan tarkibidagi oltingugurt oʻrniga kiritilgan azot bilan farq qiladi. Ularning kimyoviy xossalari molekulasi tarkibida uchlamchi azot atomi va galogen atomi boʻlishiga bogʻliq. Azotli iprit mineral kislotalar taʼsirida suvda eriydigan, pikrin kislota taʼsirida esa suvda kam eriydigan tuz hosil qiladi. … Читать далее

BOQLA

BOQLA, burchoq (Vicia faba) — burchokdoshlar (dukkakdoshlar) oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik. Poyasi toʻrt qirrali. Barglari patsimon, murakkab. Gullari oq, oʻzidan, baʼzan chetdan changlanadi. Mevasi yassi, dukkak shaklida, 4—8 urugʻli, Urugʻi tarkibida 24—30% oqsil bor. Oziqovqat yoki chorva mollariga oziq sifatida foydalaniladi. Пост Навигацияси

AZOV FLOTI

AZOV FLOTI — Rossiyada 1695-y. ning oxirlarida Qrim xonligi va Turkiyaning Qora dengiz boʻylaridagi yerlarini bosib olish uchun tashkil qilingan. Flot kurishda asosiy markaz qilib Voronej sh. tanlandi. Harbiy kemalarning birinchi yurishi 1696-y. ning 3-mayida Voronejdan boshlandi. Azov sh. ni ishgʻol qilishda Azov floti hal qiluvchi rol oʻynadi. Taganrog A. f. bazasi boʻlib qoldi. Admiralteystvo … Читать далее

BOSHQORONGʻILIK

BOSHQORONGʻILIK — boʻyida boʻlgan (homilador) ayol organizmida roʻy beradigan oʻzgarishlar ifodasi; ishtaha yoʻqolishi yoki zoʻrayishi, shuningdek nordon, achchiq, shoʻr narsalarni qoʻmsash, gilvata, shama va odatdan tash qari boshqa narsalarni koʻngil tusashi; oʻqtinoʻqtin koʻngil aynishi, qusish, soʻlak oqishi; piyozdogʻ, atir, tamaki va h. k. hidini yoqtirmaslik, ran koʻtara olmaslik, jizzakilik, salga toliqish, bosh aylanishi, uyquchanlik, kayfiyatning … Читать далее

AZIMUT

AZIMUT (arab. — yoʻl, yoʻnalish) (osmon yoritqichi Yerdagi biror narsa va sh. k. azimuti) — kuzatish joyining meridian tekisligi bilan kuzatilayotgan obyektdan oʻtgan vertikal (tik) tekislik orasidagi burchak. Agar tik tekislik shoqul chizigʻi (tik chiziq) orqali kuzatish nuqtasidan oʻtsa, Azimut haqiqiy yoki astronomik Azimut deyiladi. Geodezik (referens — ellipsoida normaldan oʻtgan) va magnit A. ham … Читать далее