AZOTLI IPRIT

AZOTLI IPRIT — organik birikma, rangsiz suyuqlik. Suvda yomon, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Azotli iprit iprit (dixlordietilsulfid)dan tarkibidagi oltingugurt oʻrniga kiritilgan azot bilan farq qiladi. Ularning kimyoviy xossalari molekulasi tarkibida uchlamchi azot atomi va galogen atomi boʻlishiga bogʻliq. Azotli iprit mineral kislotalar taʼsirida suvda eriydigan, pikrin kislota taʼsirida esa suvda kam eriydigan tuz hosil qiladi. U meʼda-ichak, nafas yoʻllarini kuchli zaharlash va terini yaralantirish xususiyatiga ega. Bunday moddalar hujayra boʻlinishini susaytirgani uchun koʻpchiligi (embixin, novembixin va b.) tibbiyotda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x