BUXTARMA SUV OMBORI

BUXTARMA SUV OMBORI — Qozogʻiston Respublikasining Sharqiy Qozogʻiston viloyatidagi suv ombori. Irtish daryosida 1960—67 y. larda Buxtarma GES uchun toʻgʻon qurilishi natijasida hosil boʻlgan. Buxtarma suv ombori oʻzidan yuqorirokdagi Zaysan koʻli bilan tutashib ketgan. Mayd. 490 km2, hajmi 49,6 km3, uz. 425 km dan koʻproq, eng keng joyi 35 km, oʻrtacha chuq. 9,6 m, vodiylarda … Читать далее

VALYUTA AUKSIONI

VALYUTA AUKSIONI — chet el va-l/ otyasining milliy valyutaga kimoshdi savdosi orqali kelishilgan narxlarda sotilishi. Auksionda korxonalar, firma, tashkilot, aksiyador jamiyatlar va fuqarolar ishtirok etishi mumkin. Ixtiyorida chet el valyutasi boʻlgan banklar V. a. ni tashkil etadilar. Пост Навигацияси

AQBA

AQBA, Aqaba (arab. — togʻ yoʻli, dovon) — tarixiy geografik tushuncha. 9 — 10-a. larda arabiynavis geograflarning asarlarida koʻp uchraydi. 10 – a. da fors tili da yozilgan «Hudud ul-olam» va «Tarixi Tabariy» asarlarida ham tilga olinadi. Hozir bu atama, asosan, geografik nomlar tarkibida qolgan. Turkiston, Zarafshon va Pomir togʻlarida Aqba soʻzidan tuzilgan oʻnlab dovonni … Читать далее

BUXORODA 1910-YIL YANVAR VOQEALARI

BUXORODA 1910-YIL YANVAR VOQEALARI — Buxorodagi qonli fojia (9—11 yanv.). Shaharning shia mazhabidagi aholisi 9 yanv. kuni Oʻgʻlon darvozasi yaqinidagi sarbozxonada oʻzlarining motam marosimlari — «shaxseyvaxsey» (q. Ashuro) oʻtkazayotganliklarida sunniy mazhabidagi mullavachchalar ularning bu holidan kuladilar. Bundan gʻazablangan shialar bir mullavachchani oʻldiradilar va uchtasini qamattiradilar. Sunniylarning vakillari amirning Arkiga kelib qushbegi Ostonaquldan gunohkorlarni jazolash va … Читать далее

VALLIY TILI

VALLIY TILI, uels, kimr tili — Buyuk Britaniyaning Uels ya. o. dagi valliylar tili. Hind-yevropa tillari oilasining kelt guruhiga mansub. Bu tilda 900 mingga yaqin kishi gaplashadi (1990-y. lar oʻrtalari). Valliy tili5—6-a. lardan shakllana boshlagan. Tarixi 3 davrga boʻlinadi: qad. (8—11-a. lar); oʻrta (12— 14-a. lar); yangi (15-a. dan). Hozirgi Valliy tili 4 dialektga ega: … Читать далее

AEROFITLAR

AEROFITLAR (aero… va yun. phyton – oʻsimlik) — yomgir va shudringda erigan mineral oziq moddalar hisobiga yashaydigan oʻsimliklar. Daraxtlar tanasi va shoxlarida, tuproq va toshlar ustida oʻsadi. Aerofitlarga ayrim lishayniklar va suv oʻtlari misol boʻla oladi.

BUXORO MINIATYURA MAKTABI

BUXORO MINIATYURA MAKTABI — Oʻzbekiston miniatyura sanʼatidagi oʻziga xos yoʻnalish. Oʻrta asrlar (16 — 17-a. lar)da Buxoroda shakllangan. Buxoro miniatyura maktabining rivojlanish davri Buxoroda Shayboniyxonlar (16-a.), Ashtarxoniylar (17-a.) hukmronligi davriga toʻgʻri keladi. Hirot miniatyura maktabi taʼsirida rivojlangan Buxoro miniatyura maktabi dastlab Buxoroga kelgan Hirot miniatyura maktabi vakillarining ijodi bilan bogʻliq boʻlgan va mahalliy badiiy anʼanalar … Читать далее

VALERIANAT KISLOTALAR

VALERIANAT KISLOTALAR — bir asosli toʻyingan organik kislotalar, umumiy formulasi S4N9SOON. Mol. m. 102,13; rangeiz, gʻalati hidli suyuqliklar. Uglevodorod radikalining tuzilishiga qarab toʻrtta izomeri boʻlishi mumkin. Izovalerianat va metiletilsirka kislotalar koʻproq ahamiyatli boʻlib, asosan izoamil spirtlarni oksidlab olinadi. Valerianat kislotalar bilan alifatik spirtlarning efirlari oziq-ovqat sanoatida meva essensiyalari sifatida, Valerianat kislotalar bilan aromatik yoki terpen … Читать далее