VALLIY TILI

VALLIY TILI, uels, kimr tili — Buyuk Britaniyaning Uels ya. o. dagi valliylar tili. Hind-yevropa tillari oilasining kelt guruhiga mansub. Bu tilda 900 mingga yaqin kishi gaplashadi (1990-y. lar oʻrtalari). Valliy tili5—6-a. lardan shakllana boshlagan. Tarixi 3 davrga boʻlinadi: qad. (8—11-a. lar); oʻrta (12— 14-a. lar); yangi (15-a. dan). Hozirgi Valliy tili 4 dialektga ega:

1) gvined (shim.-gʻarbiy); 2) pouis (shim.-sharqiy, markaziy);

3) dived (jan.-gʻarbiy) va

4) gvinet (jan.sharqiy). Adabiy Valliy tili jan. va markaziy dialektlar asosida yuzaga kelgan. Valliy tili uchun soʻzda unlilar qorishiqligi, undoshlarning galma-gal kelishi xosdir. Feʼllar tizimi ancha rivojlangan, nomlar tizimi esa sodda. Hoz. vaqtda eski sintetik shaklni yangi, analitik shaklga aylanish jarayoni ketmoqda. Lugʻat tarkibida metin tilidan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. Valliy tili 20-a. 50—60-y. laridan Uels hududida rasmiy til mavqeiga ega boʻldi (dav-riy matbuot, kitoblar shu tilda chiqadi, un-tda oʻqitish ham olib boriladi). Yozuvi lotin grafikasi asosida.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x