GABER

GABER (Nayeg) — Fris (1868.9.12, hoz. Vroslav, Polsha — 1934.29.1, Bazel) — nemis anorganik kimyogari. Karlsrue Oliy texnika maktabi prof. (1898-y. dan). Berlin fizik-kimyo va elektrokimyo in-ti direktori (1911—13). Asosiy ishlari ammiakning kimyo-texnologiyasi va elektrokimyoga bagʻishlangan. Yarim sanoat qurilmasida ilk bor suyuq ammiak olgan. Nitrobenzolning elektrokimyoviy qaytarilishi natijasida anilin hosil boʻlishini oʻrgangan (1900). Eritmalarning rN … Читать далее

VASILENKO Sergey Nikiforovich

VASILENKO Sergey Nikiforovich [1872.18 (ZO). Z – Moskva – 1956.11.3] – rus kompozitori, dirijyori. Oʻzbekistan (1939) va Rossiya (1940) xalq artisti, sanʼatshunoslik fanlari d-ri (1943). Moskva un-ti yuridik f-tini (1896) va Moskva konservatoriyasini (1901) tamomlagan. 1906 — 50 y. lari Moskva konservatoriyasida (1907-y. dan prof. lavozimida) ishlagan. 6 opera, bir qancha baletlar, 5 simfoniya, turli … Читать далее

BSJ

BSJ (Barilla de Calmette et Guerin) — sil kasalligiga qarshi vaksinatsiya uchun qoʻllaniladigan sil mikobakteriyasining kucheizlantirilgan shtammi (turi); uni Kalmet (A. Calmette) bilan Geren ( S. Guerin) qoramol oʻtidan tayyorlangan muhitda sil mikroblarini 13 yil davomida qaytaqayta undirish usuli bilan 1906-y. da yetishtirgan. BSJ kulturasidagi batsilla toʻgʻri yoki bir oz egilgan, uz. 1,5—3—5 mk, ingichka … Читать далее

VARNALAR

VARNALAR (sanskritcha — sifat, rang) — Qad. Hindistondagi 4 asosiy tabaqa. Jamiyatda brahman va kshatri tabaqalari yuqori mavqeni egallashgan. Mehnatkash xalq vayshilar va shudrlar V. ga mansub boʻlib, ularning mavqei pastroq hisoblangan. Varnalarga mansub boʻlmaganlar aholining eng quyi, xoʻrlangan, huquqsiz qismini tashkil etgan. Пост Навигацияси

AAYYUN

AAYYUN, al-Aiyun — Gʻarbiy Sahroi Kabirning maʼmuriy va savdo markazi. Atlantika okeani sohilida. Aholisi 94 ming kishi (1982). Aayyun yaqinidagi port orqali Bu-Kra konidan olingan fosforit chetga chiqariladi.

BUGʻU

BUGʻU — qirgʻizlarning yirik qabilasi. Bugʻular 19-a. oʻrtalarida saribagʻish qabilasi bilan birga Chu va Oqsuv daryolari havzasida hamda Issiqkoʻlning sharqiy qirgʻogʻi, Norin, Kechen va Tekes daryolari boʻylarida, Qarqara vodiysida koʻchmanchilik qilib yashaganlar. Chorvachilik va dehqonchilik b-n shugʻullanganlar. Terskey, Kungay, Tuykal koʻllari boʻyida sugʻorma dehqonchilik qilganlar. 1855-y. da Rossiyaga qoʻshib olingan. 1913-y. da 11 mingdan oshiq … Читать далее

VARIATOR

VARIATOR (lot. vario — uzgartiraman) — yuritma (harakatlantirgich) bilan ish bajaruvchi mexanizm orasidagi uzatish nisbatini bir tekis oʻzgartiradigan qurilma. Pogʻonasiz uzatma V. ning asosiy qismi hisoblanadi. Turli sharoitlarda mashina va mexanizmlarning maqbul (optimal) tezliklarda ishlashini taʼminlaydi. Mas., metropoliten eskalatorlarida Variator yordamida dasta bilan zinalarning xarakat tezliklari baravarlashtiriladi (eskalatorda ketayotganingizda qoʻlingizni dastaga qoʻyib tursangiz, dasta zinalarga … Читать далее

AHOLI GEOGRAFIYASI

AHOLI GEOGRAFIYASI — ijtimoiy-iqtisodiy geogr. sohasi. Aholining joylashuvi va hududiy tashkil topishi, ja-miyat ishlab chiqarishi va jamiyatning atrof-tabiat bilan aloqasi jarayonida aholining tutgan oʻrnini oʻrganadi. Aholi geografiyasi aholi bilan bogʻliq masalalar — aholi soni, tarkibi, joylashuvi va bu joylashuvning hududiy shakllari (shahar va qishloq joylari)ni va uning asosiy tarkibiy qismi boʻlgan mehnat resurslarini geogr. nuqgai … Читать далее

BUGʻDOY

BUGʻDOY (Triticum) — gʻalladoshlar oilasiga mansub oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; eng qad. va hoz. dunyoning koʻpgina mamlakatlarda ekiladigan asosiy don ekini. Somatik hujayralarida xromosomalarning soniga koʻra farq qiladigan 3 (diploid, tetraploid, geksaploid) qatorga kiradigan 30 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari bor. Jahon dehqonchiligida asosan yumshoq Bugʻdoy yoki oddiy Bugʻdoy (T. aestivum, T. vulgare) va qattiq … Читать далее

AXMEDOV Rahim Ahmedovich

AXMEDOV Rahim Ahmedovich (1921.26.7, Toshkent) — rassom. Oʻzbekiston xalq rassomi (1961). Oʻzbekiston BA faxriy aʼzosi (1997). Toshkent badiiy bilim yurti (1937—41) va Leningrad rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik in-tida (1947—53) taʼlim olgan. 1953-y. dan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tida oʻqituvchi, 1976-y. dan prof. Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi boshqaru-vi raisi (1965—84, 1992—94). Axmedov asarlari chukur psixologik ifodaliligi … Читать далее