AXMEDOV Rahim Ahmedovich

AXMEDOV Rahim Ahmedovich (1921.26.7, Toshkent) — rassom. Oʻzbekiston xalq rassomi (1961). Oʻzbekiston BA faxriy aʼzosi (1997). Toshkent badiiy bilim yurti (1937—41) va Leningrad rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik in-tida (1947—53) taʼlim olgan. 1953-y. dan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tida oʻqituvchi, 1976-y. dan prof. Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi boshqaru-vi raisi (1965—84, 1992—94). Axmedov asarlari chukur psixologik ifodaliligi bilan ajralib turadi, ularda ichki kechin-malar, his-tuygʻular mohirona ifodalangan. Ijodini asosan portretlar chizish bilan boshlagan («Qahramon ona», 1949, «Choʻpon», 1952, «Student qiz portreti», 1954 va b.). Rassom yaratgan portretlar («Ona oʻylari», «Keksa kolxozchi portreti», 1956; «Oʻzbek qizi portreti», 1958; «Qashqadaryolik ayol», 1959; «Meh-natda ham soldat», 1961; «Surxondaryolik ayol», 1962; «Muqimiy», 1968; «Ni-gora», 1971; «U. Tansiqboyev», 1972; «Lola portreti», 1979; «Nabi Raximov», 1983; «Shuhrat Abbosov», 1987 va b.) oʻzbek tasviriy sanʼatida portret janrining rivojiga katta hissa boʻlib qoʻshildi. Manzaralar («Bahor», 1964, «Nahor. Oqtosh bahori», 1971 va b.), natyurmortlar («Natyurmort», 1954, «Natyurmort», 1965 va b.) ham yaratgan. Turli sharoitlarda aks ettirilgan ayollar obrazlari («Qoʻshiq», 1964; «Yanvar. 1924-yil» va b.) ham jozibalidir. Asarlari Oʻzbekiston sanʼat muzeyi, Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi, Sharq xalqlari sanʼati muzeyi va b. da saqlanadi. Asarlari 1948-y. dan respublika va xalqaro koʻrgazmalarda namoyish etiladi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967). «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (1998).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x