ABXAZ TILI

ABXAZ TILI — Abxaziyada yashovchi abxazlar tili. Kavkaz (iberiy-kavkaz) tillarining abxaz-edigey guruhiga kiradi. Abxaz tilida 70 mingdan koʻproq kishi soʻzlashadi. 2 asosiy dialekti — abjuy (adabiy tilga asos boʻlgan) va bzib bor. A. t. da undosh fonemalar juda koʻp. Unlilar tizimi oddiy. Turlanish kam taraqqiy etgan. Lugʻatidagi koʻp soʻzlar bir boʻgʻinli oʻzakdan iborat. 19 – … Читать далее

VIDEMAN

VIDEMAN — FRANS QONUNI – qattiq jismlarning elektron issiqlik oʻtkazuvchanligi bilan elektr oʻtkazuvchanligini bogʻlovchi munosabat. 1853-y. da nemis fiziklari G. Videman va R. Frans ochgan. Bir xil t-rada elektron issiklik oʻtkazuvchanlikning elektr oʻtkazuvchanlikka nisbati barcha metallar uchun bir xil. Bu nisbat mutlaq t-ra b-n universal doimiy — Lorens soni (1=2,45-Yu-8 VtOm/K2) orqali chizikdi toʻgʻri mutanosib … Читать далее

GAP BOʻLAKLARI

GAP BOʻLAKLARI — ran tuzilmasida muayyan soʻroqqa javob boʻlib, maʼlum bir sintaktik vazifani bajaruvchi soʻz va soʻz birikmalari. Gap boʻlaklari ran tuzilmasidagi ahamiyatiga koʻra quyidagi 2 asosiy turga ajraladi: 1) bosh boʻlaklar — gapning predikativ asosini tashkil etuvchi ega va kesimdan iborat boʻladi; 2) ikkinchi darajali boʻlaklar — bosh boʻlaklar b-n yoki oʻzaro bir-birlari bilan … Читать далее

BAYT ul-HIKMAT

«BAYT ul-HIKMAT» (yoki «Xizonat ul-hikmat») — olimlarni birlashtirgan ilmiy muassasa. Xalifa Horun ar-Rashid (766 — 809) Bagʻdodda tashkil etgan. Oʻzbekcha asarlarda «Bilim uyi» yoki «Donishmandlar uyi» deb yuritiladi. Muhammad Xorazmiy xalifa Maʼmun davri (813 — 833)da «Bilim uyi»dagi juda boy kutubxonaga boshchilik qilgan. Kutubxonada hind, yunon, suryoniy (suriya), arab, fors tillarida 400 000 jida qoʻlyozma … Читать далее

ABULFATH

ABULFATH Ahmad ibn Sijziy (? — 1024) — shaxmatchi, falakiyot va riyoziyot olimi. Shatranjga oid risola muallifi. 300 dan ortiq shaxmat vaziyatini oʻz ichiga olgan bu risolaning eng qad. mukammal nusxasi 1665-y. da Buxoroda koʻchirilgan. Asarda oʻsha davrda va oldin oʻtgan mashhur shaxmatchilar va shaxmat haqida yozgan olimlar toʻgʻrisida maʼlumotlar, bu oʻyinning kelib chiqishini madh … Читать далее

VIBROMAYDON

VIBROMAYDON — qurilish maydonlari va z-dlar sharoitida beton va temir-beton buyumlar (mas., bloklar, plitalar, devor panellari, koʻp gʻovakli toʻshamalar, koʻpriklarning qulochlari elementlari) tayyorlashda beton qorishmalarni zichlovchi titrama mashina. Tebranish tarziga koʻra doiraviy, vertikal, gorizontal yoʻnalishda titraydigan va zarbiy xillarga, tuzilishiga koʻra romli va blokli xillarga boʻlinadi. Titrashlar Vibromaydondan unga mahkamlangan, ichiga beton qorishmasi solingan qolipga … Читать далее

GANIMED

GANIMED — 1) Yupiterning uchinchi tabiiy yoʻldoshi; diametri qariyb 5150 km; G. Galiley 1610-y. da kashf etgan. Sayyoradan uzoqligi 1,07 mln. km, uning atrofini 7,15 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Quyosh sistemasi yoʻddoshlaridan eng yirigi hisoblanadi. Yorugʻligi 5—6 yulduz kattaligida. «Pioner-10» kosm i k kemasida Ganimed sirti tekshirilgan va sirti muz «sovut» bilan qoplanganligi, atmosfera … Читать далее

BAYKAL TIZMASI

BAYKAL TIZMASI — Baykal koʻlining shim.-gʻarbiy sohilidagi togʻ tizmasi. Uz. qariyb 300 km, eng baland nuqtasi 2572 m (Cherskiy togʻi). Baykal tizmasi qadimgi kristalli jinslardan tarkib topgan. Baykal tizmasining gʻarbiy yon bagʻri (1200 — 1400 m gacha) TILOGʻOCH taygasi b-n, sharqiy yon bagʻri siyrak oʻrmon b-n, 1000 — 1600 m balandlikkacha oʻrmonli dasht, qaragʻay va … Читать далее

ABU HAFSI KABIR

ABU HAFSI KABIR (9-a.) — fikhshunos olim. Imom Buxoriy bilan zamondosh. Abu Hafsi Kabir fiqx. boʻyicha mashhur boʻlgan. Oʻgʻli Abu Abdulloh ham islom olamida taniqli. Uni otasi bilan yanglishtirmaslik maqsadida ulamolar otasini Abu Hafsi kabir, oʻgʻlini Abu Hafsi sagʻir deb ataganlar. Abu Hafsi Kabir «Al-Ahvoʼval-ixtilof» («Havoyi gaplar va kelishmovchiliklar»), «Ar-raddu alal-Lafziyya» («Yuzaki qarovchilarga raddiya») kitoblarining … Читать далее

VIA

VIA, vokal-instrumental ansambl — musiqiy estrada jamoasi. Ishtirokchilari oʻzlari chalayotgan soz (asosan elektrogitara)lar joʻrligida kuylashadi. 1960-y. larda chet elrok-musiqasi taʼsirida (sobiq Ittifoq respublikalarida) tashkil topgan. Dastlab yoshlar musiqa havaskorligi shaklida (oʻquv yurtlarida, madaniyat uylarida), keyinchalik professional, sahnaviy musiqa ijrochiligi tarzida rivojlangan. Repertuaridan yoshlar hayoti mavzuidagi qoʻshiq va ashulalar, kompozitorlarning estrada asarlari, qayta ishlangan xalq qoʻshiqlari … Читать далее