BANK OPERATSIYALARI

BANK OPERATSIYALARI — banklar amalga oshiradigan operatsiyalar: joriy yoki boshqa hisob varaqqa pul qabul qilish, foizi bilan yoki foizsiz kreditlar berish, birja topshiriqlarini bajarish, qimmatbaho qogʻozlar, aksiyalar sotib olish, mijozlarning topshiriqlarini bajarish, tovarlar yoki tovar hujjatlari garovi hisobiga ssudalar berish, shuningdek boshqa har qanday pulli va naqd pulsiz hisobkitoblar boʻyicha operatsiyalar kiradi. Asosan passiv (kreditlash … Читать далее

AVTOMOBIL POYEZDI

AVTOMOBIL POYEZDI (avtopoyezd) — bitta yoki bir nechta tirkama ulangan avtomobil. Yuk va yoʻlovchilar Avtomobil poyezdi lari boʻladi. Yuk ortiladigan tirkamalarning oddiy va maxsus kuzovli xillari bor. Maxsus kuzovli tirkamalarga sisternalar, refrijeratorlar, sovitkichli tirkamalar, oʻzi agʻdargichlar va b. kiradi. Avtomobil poyezdi tirkamali, yarim tirkamali va uzun yuklar uchun moʻljallangan boʻlishi mumkin. Tirkamalar 1,2,3,4 oʻkdi boʻlib, … Читать далее

VITSE-QIROLLIKLAR

VITSE-QIROLLIKLAR — 16-a. dan ispan mustamlakalarining mustaqillik uchun urushi (1810—26 y. lar)gacha boʻlgan davrda Ispaniyaning Amerikadagi mustamlakalarida vitse-qirollar (qirol hokimiyati vakillari) boshqaruvi ostida boʻlgan maʼmuriy-hududiy birliklar. Пост Навигацияси

BANDLIK XIZMATI

BANDLIK XIZMATI, aholini ish bilan taʼminlash davlat xizmati — mamlakat miqyosida aholini ish bilan taʼminlash siyosatini amalga oshirish va fuqarolarga tegishli kafolatlarni taʼminlab berish uchun tashkil etilgan davlat xizmati. Oʻzbekistonda 1992-y. dan OʻzRning «Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida»gi qonuni (13.1.1992) asosida tashkil etilgan. Bandlik xizmati ishsizlikning oldini olish va ishsizlik oqibatlaridan ijtimoiy muhofaza qilish maqsadlarida … Читать далее

GELIOTSENTRIK KOORDINATALAR

GELIOTSENTRIK KOORDINATALAR — kosmik jismlar vaziyatini Quyosh markazi va ekliptika tekisligiga nisbatan belgilovchi koordinatalar sistemasi. Katta sayyoralar, asteroidlar, kometalar va b. osmon jismlarining harakatini tasvirlashda qoʻllaniladi. Пост Навигацияси

VITIM YASSITOGʻLIGI

VITIM YASSITOGʻLIGI — RF Buryatiya Respublikasi va Chita viloyatidagi yassitogʻlik, Vitim daryosining yuqori oqimida. Bal. 1200—1600 m. Eng baland joyi — 1753 m. V. ya. asosan, granit, ohaktosh, kristalli slanes va bazalt jinslaridan tashkil topgan. 15 dan ziyod qad. vulkanlar bor. Yillik yogʻin 300— 400 mm. Qish sovuq va qor qoplami yupqa (8—15 sm) boʻlganidan … Читать далее

GELIOGRAVYURA

GELIOGRAVYURA (gelio… va gravyura) — chuqur bosma usullaridan biri. Bosma qolip fotografik va kimyoviy usullar bilan tayyorlanadi. 19-a. 2-yarmida kashf etilgan. Bunda tasvir diapozitivi pigment qogʻozga tushiriladi, nusxasi mis plastinka (rastr)ga koʻchiriladi. Hosil qilingan nusxaga kimyoviy ishlov berib, chuqur bosma elementlari hosil qilinadi. Soʻnggi yillarda Geliogravyura oʻrniga, koʻpincha, rakel chuqur bosma usuli qoʻllaniladi. Пост Навигацияси

BANDAJ

BANDAJ (texnikada) — mashina detallari yoki konstruksiyalarning puxtaligi va chidamliligini oshirish maqsadida ularga kiygiziladigan metall halqa. Mac, vagon va lokomativ gʻildiraklariga qizdirib kiygiziladigan poʻlat toʻgʻin. Пост Навигацияси