AVTOMOBIL POYEZDI

AVTOMOBIL POYEZDI (avtopoyezd) — bitta yoki bir nechta tirkama ulangan avtomobil. Yuk va yoʻlovchilar Avtomobil poyezdi lari boʻladi. Yuk ortiladigan tirkamalarning oddiy va maxsus kuzovli xillari bor. Maxsus kuzovli tirkamalarga sisternalar, refrijeratorlar, sovitkichli tirkamalar, oʻzi agʻdargichlar va b. kiradi. Avtomobil poyezdi tirkamali, yarim tirkamali va uzun yuklar uchun moʻljallangan boʻlishi mumkin. Tirkamalar 1,2,3,4 oʻkdi boʻlib, avtomobilga toʻgʻridan-toʻgʻri tirkaladi; yarim tirkamada oddingi oʻq boʻlmaydi, old qismi shatakchi avtomobilning maxsus tayanchiga mahkamlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x