YARMARKA

YARMARKA (nem. — yillik bozor) — belgilangan joyda muayyan muddatlarda muntazam tashkil etiladigan yirik bozor; sotuvga qoʻyilgan tovarlar koʻrgazmasi. Yarmarka larning asosiy maqsadi xaridorlarni tovarlar bilan vositachilarsiz, bevosita tanishtirish va ularning namunalar boʻyicha ulgurji va chakana savdosini uyushtirishdan iborat. Yarmarka mavjud, ishlab chiqariladigan va bozorga chiqarishga moʻljallangan mahsulot toʻgʻrisida axborot beradi. Yarmarka universal, koʻp tarmoqli … Читать далее

YADRO FIZIKASI INSTITUTI

YADRO FIZIKASI INSTITUTI, Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi instituti — yadro fizikasi, qattiq jismlar radiatsion fizikasi, materialshunoslik, aktivatsion tahlil, radiokimyo, ilmiy asbobsozlik, informatsiya texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy muassasa. Akad. I. V. Kurchatov, U. O. Orifov va S. A. Azimovlarning tashabbusi bilan 1956 yil tashkil etilgan. 1957-yildan boshlab yadro reaktori, fizika … Читать далее

YOʻL JAMGʻARMASI

YOʻL JAMGʻARMASI — umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, qayta qurish, tuzatish va saqlash ishlarini mablagʻ bilan taʼminlaydigan mustaqil moliya-kredit davlat muassasasi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-y. 5-iyuldagi qarori bilan tashkil etilgan. «Oʻzavtoyoʻl» konserni tarkibida. Respublika Y. j. shirkat xoʻjaliklari, kooperativlar, transport, qurilish korxonalari, tashkilotlari, savdo, bank muassasalari va b. ning daromadi (foydasi) dan ajratmalar … Читать далее

YUSUPOV

YUSUPOV Erkin (1929.15.3, Quva shahri — 2003.5.8, Toshkent) — faylasuf olim. Oʻzbekiston FA akad. (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), Rossiya FA muxbiraʼzosi (1991; 1987-yildan SSSR FAning muxbir aʼzosi), falsafa fanlari d-ri (1965), prof. (1966). Oʻrta Osiyo untining tarix f-ti mantiq va psixologiya boʻlimini tugatgan (1951). Toshkent pedagogika instituti falsafa kafedrasida katta oʻqituvchi (1954—58), … Читать далее

YOQUBOV

YOQUBOV Poʻlat (1937.1.4, Parkent tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1997). Toshkent ped. intining rayem va chizmachilik ftini tugatgan (1961). 1960—61 y. larda Toshkent sh. dagi 73maktabda, 1961-y. dan Parkent tumanidagi 1maktabda oʻqituvchi, 1988-y. dan metodistoʻqituvchi, 1994-y. dan oliy toifali mutaxassis. Respublika, viloyat ped. oʻqishlarida oʻqitishning yangi uslublari haqida oʻz maʼruzalari bilan qatnashgan. 1998/99 oʻquv … Читать далее

YoSh TOMOSHABINLAR TEATRI

YoSh TOMOSHABINLAR TEATRI, Yoʻldosh Oxunboboyev nomidagi Oʻzbek davlat respublika yosh tomoshabinlar teatri — bolalar teatri. Toshkentda rus yosh tomoshabinlar teatri tarkibidagi oʻzbek qoʻgʻirchoq truppasi zamirida 1929-y. da milliy studiya sifatida tashkil etilgan. Teatrning birinchi rej. va aktyori Nurxon Eshmuhamedov, birinchi rassomi Shonazir Shorahimov. 1930-y. studiyachilar bir necha pyesalarni sahnalashtirib professional teatr darajasiga koʻtarildi. 1943-y. dan … Читать далее

YENGIL SANOAT

YENGIL SANOAT — xilma-xil xom ashyodan keng isteʼmol mahsulotlari va buyumlari i. ch. ga ixtisoslashgan sanoat tarmoqlari majmui. Yengil sanoatda xom ashyoga ham dastlabki ishlov berish, ham tayyor mahsulot i. ch. amalga oshiriladi. Yengil sanoatda paxta, ipak, zigir, kanop, jut tolalari, hayvonlar terisi, juni, sunʼiy tolalar, sunʼiy charm xom ashyo sifatida foydalaniladi. Uning asosiy tarmoqlari … Читать далее

DEHQONOBOD

DEHQONOBOD — Sirdaryo viloyatidagi shaharcha. Guliston tumaninnnt markazi. Aholisi 10,5 ming kishi (2000); asosan oʻzbeklar, shuningdek, rus, ukrain, tatar, koreys, tojik va b. millat vakillari ham yashaydi. Viloyat markazi — Gulistondan 24 km. Yaqin t. y. stansiyasi — Guliston (24 km). Dehqonobodda dastlab 1886-y. Rossiyaning Poltava, Tver gubernyalaridan podsho hukumati tomonidan koʻchirib keltirilgan rossiyaliklar yashagan. … Читать далее

YAMAN

YAMAN, Yaman Respublikasi (AlJumhuriya al-Yamaniya) — Arabiston ya. o. ning jan. qismidagi davlat. Mayt. 528 ming km2. Aholisi 19,3 mln. kishi (2002). Poytaxti — Sano shahri Maʼmuriy jihatdan 19 viloyat (muhofaza)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Yaman — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 yil 15 — 16-mayda qabul qilingan; 1994 va 2001-yillarda oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident … Читать далее

DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH

DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH — davlatning oʻz ixtiyoridagi i. ch. vositalari, mol-mulk obyektlarini, korxonalar, uy-joy, transport vositalari, tabiat resurslari va b. ni davlat tasarrufidan chiqarishi va fukarolar, jamoalar, shuningdek, davlatga tegishli boʻlmagan yuridik shaxslarga berishi yoki sotishi; davlat mulki asosida turli (aksiyali, xususiy, oilaviy, qoʻshma, aralash, korporativ) mulk shakllarini vujudga keltirish. Davlat mulkini xususiylashtirish davlat mulkini … Читать далее