DARMON SHOʻRVA

DARMON SHOʻRVA — xalq tabobatida kam quvvat odamlar, darmonsizlangan bemorlarga parhez buyuriladigan suyuq ovqat. Asosan parranda — xoʻroz, joʻja, qirgʻovul, bedana va b. ilvasinlardan tayyorlanadi. Qozonga sovuq suv quyib, pat va chavoqlardan tozalangan parranda butunligicha solinadi, qaynab chiqqach, koʻpigi olinib, piyoz solinadi, suyet olovda mildiratib qaynatiladi. Shoʻrvaga tuz, ziravorlar, oshkoʻklar, piyoz, toʻgʻralgan qizil sabzi, kartoshka, … Читать далее

ZOGʻORA

ZOGʻORA, zogʻora non — makkajoʻxori, oqjoʻxori, qoʻqonjoʻxori, tariq, qoʻnoq unidan yopiladigan non. Elangan unga xamirturush bilan tuz qoʻshib, oshqovoqning selida xamir qoriladi. Buning uchun oshqovoqni qirib, seli olinadi. Xamir qorib boʻlingach, qovoq turpi mushtlab yedirib yuboriladi. Xamir oshgach, 200—250 g li zuvalalar yasaladi, urvoq uchun bugʻdoy uni ishlatiladi. Har bir zuvala yassilanib, non yasaladi (baʼzan … Читать далее

KURKA

KURKA, qulqul — tovuqsimonlar turkumining kurkasimonlar oilasiga mansub parranda. Markaziy Amerikada tarqalgan oddiy yovvoyi Kurka (Meleagris gollopavo)fl aH kelib chiqqan. K. Yevropaga, dastlab, 16-a. boshlarida keltirilgan; eng yirik xonaki parranda, oyoqlari, nisbatan uzun, baquvvat, dumi keng, qanotlari qisqa, doʻppayib chiqqan. Boshi va boʻynida «toj»lari bor, pati qalin. Tumshugʻining yuqori qismidan teri oʻsimta osilib turadi. Jinsiy … Читать далее

IBN SINO

IBN SINO, Abu Ali alhusayn ibn Abdulloh ibn alhasan ibn Ali (980.8, Afshona qishlogʻi — 1037.18.6, Hamadon sh., Eron) — jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan oʻrtaosiyolik buyuk qomusiy olim. Gʻarbda Avitsenna nomi b-n mashhur. Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx sh. dan boʻlib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga koʻchib, Hurmaysan qishlogʻiga … Читать далее

BEMORNI PARVARISH QILISH

BEMORNI PARVARISH QILISH — bemor (kasal)larga hertomonlama yordam berish va vrach koʻrsatmalarini bekamu kust amalga oshirishni taʼminlaydigan tadbirlar majmui; davoning muhim tarkibiy qismi. Turli kasalliklarda bemorni parvarish qilishping oʻziga xos xususiyatlari bor. Shu bilan birga barcha bemorlarga tegishli umumiy parvarish qoidalari mavjud. Bemorning maʼlum bir tartibga amal qilishi, toʻgʻri ovqatlanishi, vrach buyurganlarini toʻlatoʻkis bajo keltirishi, … Читать далее

GASTRIT

GASTRIT (yun. gaster — meʼda, oshqozon) — meʼda shilliq qavatining yalligʻlanishi; koʻpincha meʼdaning sekret (meʼda shirasi ajralishi) va harakat faoliyatining izdan chiqishi bilan birga kechadi. Odamlarda notoʻgʻri ovqatlanish, spirtli ichimliklarga ruju qilish, achchiq va shoʻr narsalarni muntazam isteʼmol qilish, ovqatdan zaharlanish, bilar-bilmas turli dorilar qabul qilish, allergiya, Helicobacter pylori mikrobi va b. sabab boʻladi. Kasallikning … Читать далее

GASTROENTERIT

GASTROENTERIT (gastro… va yun. entera — ichak) — meʼda va ingichka ichak shilliq qavatining yalligʻlanishi. Organizmni zaharlab, umumiy infeksion kasallikni vujudga keltiradigan mikroblarning ovqat bilan meʼda-ichakka kirib koʻpayishi koʻpincha Gastroenteritga sabab boʻladi. Hoʻl meva va sabzavotlarni yuvmasdan yeyish, xesh sut ichish, aynigan goʻsht va baliq mahsulotlarini isteʼmol qilish, shuningdek koʻp spirtli ichimlik ichib, juda koʻp … Читать далее

YOVGʻON

YOVGʻON — goʻshtsiz, yogʻsiz tayyorlanadigan suyuqovqat. Yovgʻon xoʻrda — guruchning quruq oʻzi qaynatilgan suyuq osh; piyova — piyozdan qaynatilgan shoʻrva; Yo. shoʻrva — sabzavot qaynatmalari. Yovgʻon ovqatlar parhez taom hisoblanadi. Yovgʻon tayyorlash uchun oqshoq yoki guruch qozonda qaynab turgan suvga solib, yumshaguncha qaynatiladi. Guruch ezilib pishgach, tuzi rostlanadi, soʻng kosalarga suzib, 1 osh qoshigʻida qatiq … Читать далее

YARA KASALLIGI

YARA KASALLIGI, meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasi — meʼda yoki oʻn ikki barmoq ichakda yara hosil boʻlishidan iborat kasallik. Koʻpincha 25—50 yashar erkaklarda, baʼzan ayollarda ham uchraydi. Kasallikning kelib chiqishiga kuchli hayajonlanish, qaygʻurish, qiyin hazm boʻladigan, yogʻli, achchiqshoʻr, oʻta issiq yoki sovuq taomlar isteʼmol qilish, tartibsiz ovqatlanish, chekish, spirtli ichimliklar ichish va boshqalar … Читать далее

VIRUSLI GEPATIT

VIRUSLI GEPATIT — oʻtkir yuqumli kasallik; jigar hujayralarining zararlanishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, teri va shilliq qavatlarning sargʻayishi, peshobning toʻq sariq yoki «pivo»ga oʻxshash, najasning oqimtir tusga (gilvata rangiga) kirishi, jigar, baʼzan taloqning ham kattalashishi bilan ifodalanadi. Virusli gepatit deganda bir-biriga oʻxshash olti xil gepatit tushuniladi, bular A, V, S, D, Ye, G viruslari qoʻzgʻatadigan kasalliklardir. … Читать далее