YANGI ZELANDIYA

YANGI ZELANDIYA — Tinch okeanning jan. gʻarbiy qismidagi davlat. Mayd. 268,7 ming km2. Aholisi 3,994 mln. kishi (2004). Poytaxti — Vellington shahri Maʼmuriy jihatdan 10 provinsiya (rgoutse)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Yangi Zelandiya — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi parlamentar monarxiya. Buyuk Britaniya parlamenti va asosan, Yangi Zelandiya parlamenti tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlariga amal … Читать далее

YURIDIK SHAXS

YURIDIK SHAXS — fuqarolik huquq va majburiyatlarining subyektlari hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar. OʻzR fuqarolik qonunchiligiga koʻra, Yuridik shaxs oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida molmulkka ega boʻlgan hamda oʻz majburiyatlari yuzasidan ushbu molmulk bilan javob beradigan, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻla oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara … Читать далее

YENGIL ATLETIKA

YENGIL ATLETIKA — sportning eng ommaviy turlaridan biri; turli masofalarga yugurish, sportcha yurish, sakrash (balandlikka, uzunlikka, uch hatlab, langarchoʻp b-n), uloqtirish (nayza, lappak, bosqon), yadro irgʻitish, koʻpkurash (oʻnkurash, yettikurash) mashqlarini oʻz ichiga oladi. Yengil atletikada 50 dan ziyod mashq bor, ulardan 49 tasi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiri-tilgan (2000-y. gi Sidney olimpiadasida erkaklar Yengil atletikaning 22, … Читать далее

YASLI-BOGʻCHA

YASLI-BOGʻCHA — Oʻzbekistonda uzluksiz taʼlim tizimining maktabgacha taʼlim boʻgʻinidagi 2 oylikdan 6 (7) yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalash maskani. Yasli-bogʻcha larda bolalarning jismoniy, ruhiy, aqdiy, axloqiy va estetik rivojlanishi uchun lozim boʻlgan sharoit yaratiladi, shuningdek ularda mehnat qilish koʻnikmalari, xotira va tafakkur unsurlari shakllantirib boriladi. Пост Навигацияси

YASSI UNIVERSITETI

YASSI UNIVERSITETI, A. Y. Kuza nomidagi Yassi universiteti — Ruminiyadagi yirik oliy oʻquv yurti. 1860 yil Yassi shahrida tashkil etilgan. Fizika, mat., tarix, ped., falsafa, biol., iqtisodiyot, geogr., huquq, filol. boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1839-yiltashkil etilgan)da 2 mln. ga yaqin asar bor. 4,5 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. Пост Навигацияси

YUNESKO

YUNESKO — Birlashgan Millatlar tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti — xalqaro hukumatlararo tashkilot; BMTning ixtisoslashgan muassasasi. Davlatlar oʻrtasida maorif, fan, madaniyat va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish yoʻli bilan tinchlikka va xalqaro xavfsizlikka koʻmaklashish maqsadida 1946 yil tuzilgan. 188 mamlakat (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi 1993-yil 26-oktyabrdan) aʼzo (2004). Tashkilot ustaviga koʻra, «… … Читать далее

YESIPOV Matvey Akimovich

YESIPOV Matvey Akimovich (1897, Chkalov viloyati — 1968, Samarqand) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1950). Moskva rassomlik bilim yurtida taʼlim olgan (1918—20). Samarqanddagi «Musulmon agitguruhi»da rassom (1921—23). 1923-y. dan Samarqand viloyatlararo rus drama teatri, 1924-y. dan Samarqand viloyat musiqali drama teatrining bosh rassomi hamda Samarqand rassomlik bilim yurtida pedagog. Dastlab spektakllarni badiiy … Читать далее

YOZYOVON TUMANI

YOZYOVON TUMANI — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1952-y. 16 apr. da tashkil etilgan (1959-y. 14 dek. da Toshloq tumani bilan birlashtirilib Oxunboboyev nomi berilgan, 1962-y. 24 dek. da Oxunboboyev tumaniga Margʻilon tumani ham qoʻshilgan. 1980-y. 27 dek. da Yozyovon tumani qayta tuzildi). Yozyovon tumani viloyatning Toshloq, Oxunboboyev, Oltiariq, Buvayda tumanlari, Namangan viloyatining Pop tumani, Andijon viloyatining … Читать далее

YAPONIYA

YAPONIYA (yaponcha Nippon, Nixon) — Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Ya. hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim. sharqdan jan. gʻarbga qariyb 3,5 ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sekoku va Kyusyu. Shim. dan Oxota dengizi, sharq va jan. sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va SharqiyXitoy dengizlari bilan oʻralgan. Mayd. … Читать далее

YAKKABOGʻ TUMANI

YAKKABOGʻ TUMANI — Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Yakkabogʻ tumani turli yillarda Shahrisabz, Chiroqchi, Qamashi tumanlariga qoʻshilgan. Keyin yana ajratilgan. Shim. dan Chiroqchi, Shahrisabz, sharq, gʻarb va jan. dan Qamashi tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 1,3 ming km2. Aholisi 190 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Yakkabogʻ), 1 shaharcha (Eski Yakkabogʻ), 9 qishloq … Читать далее