BANTENG

BANTENG (Bibos javanicus) , zond hoʻkizi — yovvoyi qoramol. Juft tuyoqlilar turkumining quvushshoxlilar oilasiga mansub. Gʻarbiy Hindiston, Hindixitoy, Yava, Bali, Sumatra o. larida, Malakka ya. o. ida tarqalgan. Zebu hamda Osiyo qoramolining ajdodi hisoblanadi. Togʻ va tekisliklardagi oʻrmonlarda kichikroq poda boʻlib yashaydi, lekin qarisi yakka yashaydi. Tanasining uz. 2 m gacha, bal. 1,5 m cha. … Читать далее

BANDUNG KONFERENSIYASI

BANDUNG KONFERENSIYASI — Osiyo va Afrikadagi 29 mamlakatning Bandung shla 1955-y. 18 — 24 apr. da boʻlib oʻtgan konferensiyasi. Bandung konferensiyasiga tashabbuskor davlatlar — Hindiston, Birma, Indoneziya, Pokiston va Seylon namoyandalari bilan birga Afgʻoniston, Kambodja, Xitoy Xalq Respublikasi, Misr, Efiopiya, Oltin Qirgʻoq, Eron, Iroq, Yaponiya, Iordaniya, Laos, Livan, Liberiya, Liviya, Nepal, Filippin, Saudiya Arabistoni, Sudan, … Читать далее

BANDALIK

BANDALIK — oʻlim va dafn marosimi bilan bogʻliq tushuncha. Biron kishi vafot etsa, taʼziyaga keluvchilar marhumning oila aʼzolarini yupatish uchun unga «bandalikda» deb murojaat qiladilar. Bu bilan tugʻilish bor ekan, oʻlim ham boʻladi, oʻlim har bir insonning boshiga tushadigan mukarrar hodisadir degan fikr bildiriladi. «Bandalik», «Bandalikni bajo keltiribdi» kabi iboralar vafot etibdi, maʼnosida qoʻllaniladi. Пост … Читать далее

BANANXOʻRLAR

BANANXOʻRLAR, turako (Musophagidae) — kakkusimonlar turkumiga kiradigan qushlar oilasi, 18 tacha turi bor. Ogʻirligi 250 g dan 1 kg gacha. Turatsin va turakoverdin kabi maxsus pigmentlar patlarining rangiga yarqiragan yashil va koʻk tus berib turadi. Sahroi Kabirdan jan. da Afrikaning oʻrmonlari va savannalarida yashaydi. Bananxoʻrlar koʻp vaqtini daraxt shoxlarida oʻtkazadi. Koʻpincha daraxt shoxlariga uya qoʻyadi. … Читать далее

BALZAMLI OʻSIMLIKLAR

BALZAMLI OʻSIMLIKLAR — tanasida balzam boʻladigan oʻsimliklar. Asosan issiq va moʻtadil iqlimli mamlakatlarda, qisman shim. va oʻrtacha kengliklarda tarqalgan. Balzamli oʻsimliklarning miroksilon pereiray (myroxylon pereirae), toluifera balzamum (Toyifera balsamum) va kopaifera (Copaifera) kabi turlari juda mashhur. Mikroksilon pereiray San-Salvadorda va Markaziy Amerikada yovvoyi holda oʻsadi, Shrilanka orolida esa ekib oʻstiriladi. Undan peru balzami olinadi. Toluifera … Читать далее

BUGʻ TURBINASI

BUGʻ TURBINASI — bugning potensial energiyasini kinetik energiyaga, soʻngra aylanuvchi valning mexanik ishiga aylantiruvchi turbina; issiqlik elektr st-yasi (IES)da elektr generatorlarni aylantiruvchi asosiy dvigatel hisoblanadi. Aktiv va reaktiv turbinalar boʻladi. Bugʻ turbinasi nisbatan ixcham, oddiy, tejamli, yuqori parametrli bugʻlardan foydalanishga, toza kondensat olishga, elektr energiyasi i. ch. bilan birga isteʼmolchilarga turli parametrli bugʻ uzatishga imkon … Читать далее

BUYUK ABXAZ (KELASUR) DEVORI

BUYUK ABXAZ (KELASUR) DEVORI — Abxaziyadagi qad. mudofaa devori (5 — 6-a. lar). Suxumi sh. dan 4 km jan. roqdan boshlanib, Kelasur daryosining chap qirgʻogʻi orqali Jan. Abxaziyani uragan holda Inguri daryosining Qora dengizga quyilish yerida tamomlanadi. U 150-y. mobaynida absil qabilalari tomonidan qurilgan; devor ohak bilan qorishilgan xarsangtoshlardan qilingan boʻlib, uz. 160 km dan … Читать далее

AYRIBOBO CHOʻQQISI

AYRIBOBO CHOʻQQISI — OʻzR Surxondaryo viloyatidagi Koʻhitangtov tizmasining suvayirgʻich qismidagi choʻqqi. Oʻzbekiston bilan Turkmenistan chegarasida. Bal. 3139 m. A. ch. Koʻhitangtovning eng baland joyi. Ayribobo choʻqqisining aksari qismini nurashga chidamli argillit va alevrolitlar hamda qumtoshlar tashkil etgan. Choʻqqi nayzasimon shaklda. Ayribobo choʻqqisi Koʻhitangtov-Surxon qoʻriqxonasi hududiga kiritilgan.