BILISH NAZARIYASI

BILISH NAZARIYASI (gnoseologiya, epistemologiya) — falsafa boʻlimi boʻlib, u bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning obyektiv reallikka munosabatini oʻrganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqkrniyligi shartlari va mezonlarini tadqiq qiladi. Bilish nazariyasi hoz. zamon fanida qoʻllaniladigan usullar (tajriba, modellashtirish, analiz va sintez va h. k.)ni umumlashtirib, uning falsafiymetodologik asosi sifatida namoyon boʻladi. Bilish … Читать далее

BIZE

BIZE (Bizet) Jorj (1838.25.10, Parij — 1875.3.6, Bujival) — fransuz kompozitori. Parij konservatoriyasini tamomlagan (1857). Operetta, kantata, xor, kamervokal va fortepiano musiqasi, simfoniya va orkestr syuitasi, komik va lirik operalar va b. janrlarda ijod qilgan. Bize fransuz mumtoz musiqasi anʼanalari b-n boshqa xalqlar folklorining jonli ohanglarini chambarchas bogʻlab, oʻziga xos uslub yaratgan. Sharq mavzusiga bagʻishlangan … Читать далее

BAROKAMERA

BAROKAMERA — barometrik bosimni sunʼiy ravishda oʻzgartirishga imkon beruvchi germetik kamera. Past bosimli (vakuumli), yuqori bosimli (kompression), muqim (statsionar) va koʻchma turlari boʻladi. Eng koʻp tarqalgan turi past bosimli Barokamera ; unda bosimni atmosfera bosimidan boshlab mm sim. ust. ulushlarigacha (1 mm sim. ust. =133,322 n/m2) oʻzgartirish mumkin. Barokamera hajmi m3 ulushlaridan bir necha yuz … Читать далее

BARKISIMETO

BARKISIMETO — Venesuela shim.-gʻarbidagi shahar. Lara shtatining maʼmuriy markazi. Axolisi 724 ming kishi (1990). T. y. stansiyasi. Q. x. rayonining savdo-transport markazi. Oziq-ovqat (shakarqand va b.), toʻqimachilik, sement, koʻn poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Un-t bor. Shaharga 1552-y. da asos solingan. Пост Навигацияси

BARIY SULFAT

BARIY SULFAT, BaSO4 — tuz, rangsiz kristall modda. a-(1150° gacha turgʻun) va E-(1150° dan 1580° gacha turgʻun) modifikatsiyalari maʼlum. Zichligi 4500 kg/m3. Suyuqlanish t-rasi 1580°. Suvda juda oz (18° da 1 l da 2 mg), konsentrlangan sulfat kislotada esa yaxshi eriydi. Tabiatda barit minerali holida uchraydi. Yelim, rezina, linoleum, qogʻoz, fotoqogʻoz i. ch. da, qogʻozni … Читать далее

BARDAA

BARDAA (arab. — egar; armancha — Partav) — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar (1948-y. dan). Qorabogʻ tekisligidagi Ter-ter daryosi boʻyida. Yevlax t. y. stansiyasidan 26 km jan. da. Yevlax — Agʻdam avtomobil yoʻli yoqasida. Aholisi 31,6 ming (1991). Paxta tozalash, yogʻsir va temir-beton buyumlari z-dlari, tikuvchilik f-kasi bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Aftidan mil. 4-a. da xam … Читать далее

BARG OGʻIZCHASI

BARG OGʻIZCHASI — oʻsimliklar bargidagi tashqi muhit bilan aloqa bogʻlaydigan tirqishsimon yoriqcha (bunday yoriqchalar oʻsimliklarning boshqa yer ustki organlari epidermisida ham mavjud). Barg ogʻizchasi barg sathining juda oz qismini, hatto ogʻizchalar katta ochilgan holatda ham 1 % dan ortigʻini egallamaydi. Barg ogʻizchasi gaz almashinishi, transpiratsiya va fotosintez jarayonlarida muhim rol oʻynaydigan tutashuvchi hujayralarning harakati tufayli … Читать далее

BARBAR TILI

BARBAR TILI — barbarlar tili. Xom-som tillari oilasiga mansub. Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash, Mavritaniya, Mali, Yuqori Volta, Niger, Nigeriya, Chad va b. mamlakatlarda tarqalgan. 300 ga yaqin shevadan tarkib topgan. Bularni beshta asosiy lahja guruhlariga birlashtirish mumkin: tuareg lahjasi (Liviya, Jazoir, Mali, Niger, Nigeriya, Chad), zenet lahjasi (Jazoir, Shim. Marokash), tamaziy lahjasi (Marokash), tashelhayt lahjasi … Читать далее

BARABA PASTTEKISLIGI

BARABA PASTTEKISLIGI (Baraba dashti) — Gʻarbiy Sibir pasttekisligining jan. qismida. Mayd. 117 ming km2 ga yaqin. Yer yuzasi bir oz oʻr-qir tekislik, bal. 100 — 150 m. B. p. da qator tepaliklar — «grivalar» uchraydi. Iqlimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 19°, — 2G, minimal t-ra — 54°, yoz qisqa va issiq, iyulning … Читать далее